“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 11:21
ЎЗO‘Z

Asalning foydali xususiyatlaridan xabardormisiz?

19 noya, 16:43 4 428 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Asalning foydali xususiyatlaridan xabardormisiz? Foto: Getty Images
Asalning foydasi va zarari haqida juda ham ko‘p tortishuvlar mavjud. Ba’zilar asalni mutlaqo ziyon deb hisoblaydi, yana ayrimlar esa uni eng foydali desert deb biladi. Aslida-chi? Yuqoridagi fikrlarning qay birida jon bor?

Ushbu mahsulotning 80-85 foizni uglevodlar tashkil etadi. Asal ham oddiy shakar singari qonda qand miqdorini ortishiga olib keladi, bu esa ochlikni kuchaytiradi, uzoq muddatda surunkali kasalliklarni rivojlantirishi ham mumkin. Ammo barcha noxush oqibatlar faqat asalni me’yoridan ortiq iste’mol qilgandagina yuz beradi. Shuningdek, asal tanaga zarar yetkazmaydi va qonga serotonin moddasini chiqarishi orqali inson kayfiyatini ko‘taradi.

Shirinlikni xush ko‘ruvchilar diqqatiga, asal shakarga qaraganda ancha foydali hisoblanadi. Haqiqat shundaki, oq shakar organizm uchun umuman foydasiz mahsulotdir. Uning tarkibida hech qanday vitamin, mineral yoki oqsil mavjud emas.

Tabiiy asal antioksidantlarga boy bo‘lib, ular hujayralarni himoya qiladi, teri holatini yaxshilaydi va qarish jarayonlarini sekinlashtiradi. Asal tarkibidagi faol moddalar xolesterin miqdorini pasaytirish va yurak mushagini kuchaytirish orqali yurak sog‘lig‘iga foydali ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari asal kuchli antibakterial ta’sirga ega, buning natijasida u immunitet tizimini mukammal darajada mustahkamlaydi va yallig‘lanishning oldini oladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu ma’lumotlarning barchasi 100 foiz organik tarkibga ega tabiiy asalga tegishli. Odatda ular ixtisoslashgan do‘konlarda yoki asalarichilik markazlarida sotiladi. Supermarketda sotiladigan asal mahsulotlarning aksariyati juda ko‘p konservantlar va turli xil qo‘shimchalardan tarkib topgan bo‘lishi mumkin, bu, albatta, shubhali. Bundan tashqari asal eng kuchli allergen ham hisoblanadi, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 167
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 272
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 155
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 276
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 145
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 169
  • So'nggi yangiliklar
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 0
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 0
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 1
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 19
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 11
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 54
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 52
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 22
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 19
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 83
  • NATO, Rossiya, Ukraina, Xitoy harbiy maqsadlarda 2023 yilda qancha sarfladi? 23 apr, 00:23 129
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • Bo‘limlar