“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:55
ЎЗO‘Z

Vaqtingizni birovning dardini eshitishga sarflamang: Ko‘proq narsaga ulgurish uchun 3 tavsiya

19 noya, 12:45 3 098 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vaqtingizni birovning dardini eshitishga sarflamang: Ko‘proq narsaga ulgurish uchun 3 tavsiya Foto: Emergency Support Network
Ba’zida zarur ishlarni bajarish uchun 24 soat kamlik qilayotgandek tuyuladi. Aslida esa kun davomidagi ish va odatlar tahlil qilib ko‘rilsa, kishining o‘zi bilmagan holda kerakmas narsalarga vaqt sarflab qo‘yadi.

Qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzing
Qilingan va bajarilgan ishlar sarhisobi bo‘lgani va nazorat qilingani sabab ham chek-list qilinganda vaqt sezilarli darajada yaxshi tejaladi. Bunday ro‘yxat qilinganda kunning birinchi qismidan kechga qadar qanday kechishi va vaqtingiz nimalarga sarflanganiga e’tibor qarating. Tongda uyqudan ko‘zni ochish bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirib vaqt ketkazishdan osoni yo‘q, yaxshisi vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlab oling. Shu sabab ham oddiy yumushlar: tish yuvish, nonushta qilish, kundalik reja tuzishni ham ro‘yxatga kiriting. Muhimlilik yoki qiyinlilik darajasiga qarab bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxatda birinchilikka kiriting.

Ish boshlashdan avval qo‘lga kiritishni istagan natijangizni aniqlab oling
Nima ustida ishlashdan qat’i nazar, uni nima uchun bajarayotganingizni bilish muhim sanaladi. Muayyan maqsad muvaffaqiyatga erishish uchun vaqtni ikkilamchi narsalarga sarflamasdan, harakatlarni aniq shakllanishiga sabab bo‘ladi. Istalgan natija u taxminiy bo‘lsa ham ishlashga motivatsiya beradi.

Har qanday ortiqcha narsalardan voz keching
Ba’zi odamlar sizni energiyangizni, vaqtingizni olishi mumkin. Shunga e’tibor bergan holda ortiqcha narsa va kishilarga qimmatli vaqtingizni sarflamang. Bekorga gap sotish, chaqchaqlashish bilan ham vaqt yo‘qotish keyin esa asosiy narsalarga ulgurolmaslik mumkin.

Qandaydir buyum, tovush va hidlar esa ish samaradorligi hamda ahvolingizni yaxshilanishiga ta’sir qiladi. Masalan, yoqimli qo‘shiq tinglab, yaxshi kayfiyatda ishga berilish va ko‘ngildagidek bajarish mumkin. Vaqtingizni ayrim kishilarning nolishlarini eshitish keyin esa o‘zingizga kelish uchun ketkazmang. Undan ko‘ra o‘zingiz va foydali ishlarga vaqt sarflang. Shuningdek, kam rohat baxsh etadigan, ammo qo‘yilgan maqsadga yaqinlashtirmaydigan narsalardan ham voz keching.

Masalan, chekish sizni tinchlanishingiz va kuch to‘plashingizga yordam bermaydi. Shunchaki vaqtingizni olib, salomatligingizga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning singari mayda ishlarni ham shu yo‘sinda foydali va zararliga ajratib chiqing va shundan kelib chiqib kuningizni rejalashtiring.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 239
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 134
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 152
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 128
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar