“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:25
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston yangi yevroobligatsiyalar chiqarilishini e’lon qildi. Mo‘ljal — 1 mlrd dollar

18 noya, 15:23 2 983 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston yangi yevroobligatsiyalar chiqarilishini e’lon qildi. Mo‘ljal — 1 mlrd dollar 17 noyabr kuni Moliya vazirligi London fond birjasida O‘zbekistonning suveren xalqaro obligatsiyalarini (yevrobondlari) joylashtirilishini e’lon qildi.

Yevrobondlar 10 yil muddatga chiqariladi. Obligatsiyalarning umumiy qiymati oshkor qilinmadi. Biroq «Gazeta.uz»ning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, taxminan 1 milliard dollarlik obligatsiyalar chiqariladi.

Yevrobondlar — bu emitent uchun chet el valyutasida ko‘rsatilgan uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar. Yevrobondlarni uzoq muddat davomida (1 yildan 40 yilgacha) mablag‘ jalb etishga qiziqqan tomonlar, ya’ni xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, yirik korporatsiyalar chiqaradi. Muayyan vaqtdan keyin yevrobondlar sotib olinishi kerak bo‘ladi. «Yevro» prefiksiga qaramay (birinchi bunday qimmatli qog‘ozlar Yevropada paydo bo‘lgan), bugungi kunda ular turli xil valyutalarda turli bozorlarda chiqarilmoqda.

Xalqaro investitsiya banklari va yuridik firmalarga taklif uchun so‘rovlar yuborildi va quyidagi anderrayter banklar, qo‘shma bukrannerlar va yuridik maslahatchilar tanlov asosida tanlandi:

- bank anderrayterlari — Citi (AQSH), J. P. Morgan Shase (AQSH), Societe Generale (Fransiya), VTB Capital (Rossiya) va «Gazprombank» (Rossiya);
- yuridik maslahatchi — White & Case LLP (Buyuk Britaniya).

Bundan tashqari, Moliya vazirligi emissiya prospekti va boshqa huquqiy hujjatlarni ham tayyorladi. «Roud-shou» doirasida AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Daniya va Shveysariya kabi davlatlarning xalqaro investorlari ishtirok etadigan xalqaro investorlar bilan telekonferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 17−18 noyabr kunlari xalqaro investorlar bilan telekonferensiyalar «yakkama yakka» tartibda bo‘lib o‘tadi.

Moliya vazirligi 19 noyabr kuni jahon moliya bozorlaridagi vaziyatdan kelib chiqib, suveren yevrobondlar chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyi oxirida Moliya vazirining o‘rinbosari Ahadbek Haydarov 2020 yilda O‘zbekiston kamida 500 million dollar miqdoridagi davlat yevrobondlarini qayta chiqarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. 2019 yilning fevral oyida O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi bo‘lib umumiy qiymati 5 milliard dollarlik bo‘lgan 5 va 10 yillik yevrobondlarni joylashtirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 79
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar