“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 03:23
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar hokimi 500 million dollar tashqi qarz jalb etishni rejalashtirganmi?

15 noya, 10:00 3 311 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar hokimi 500 million dollar tashqi qarz jalb etishni rejalashtirganmi? Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston poytaxti xalqaro suveren reyting bahosiga ega ekanini ta’kidlab, yevrobond masalasida fikr bildirgan. Uning nutqida 500 million dollar haqida so‘z yuritilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha nutq qilgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yevrobond haqida gapirib o‘tgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

«Yevroobligatsiya masalasi bo‘yicha, Fitch’dan reytingimiz bor, shaharniki. Unga 500 million (dollar – tahr.) beraman, 100 millionni, ruxsat bersangiz, shifoxonalarga ishlatsak», — degan shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Yevroobligatsiya (yevrobond) — xalqaro moliya bozoridan qarz jalb etish uchun o‘rnatiladigan qimmatli qog‘oz, obligatsiya kuponlar.

Ortiqxo‘jayev so‘zlari yuzasidan Toshkent shahar hokimligi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida izoh berilmagan. Shuningdek, «O‘zbekiston24» tayyorlagan reportajda hokimning 500 million dollar qiymatdagi yevroobligatsiya chiqarish rejasi aniq bayon etilmagan.

Budjet kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimliklar budjetini qabul qilish va ijro etishda tegishli budjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga hamda yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Prezident qaroriga muvofiq, ilk marotaba jahon moliya bozorlarida O‘zbekiston Respublikasining umumiy hajmi 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi 5 va 10 yil muddatli suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgandi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi suveren qarzlar, shu jumladan korporativ (bank) qarz majburiyatlari emissiyasini muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha operatsiyalarni amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.

Moliya vazirligining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, shahar hokimligining yevrobondlarni joylashtirish masalasida taklifi Moliya vazirligiga kelib tushmagan, xususan, bu haqda vazirlik xabardor qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Toshkentga suveren reyting darajasida «Barqaror» prognozi bilan uzoq muddatli «BB-» reytingini bergan. Toshkentda shunday reyting mavjudligi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Fitch Ratings agentligi AQSH moliyaviy korporatsiyasi bo‘lib, Standard & Poor’s va Moody’s reyting agentliklari bilan bir qatorda, uchta eng nufuzli xalqaro reyting agentligidan biri sifatida ma’lum. Fitch Ratings kabi agentlikdan ijobiy reyting olish shahar yoki davlatning investorlar oldida moliyaviy ishonchliligi kafolati hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 135
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 114
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 211
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 43
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 56
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 136
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 211
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 84
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 90
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 122
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 187
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 169
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 155
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 191
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 311
  • Bo‘limlar