“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 18:58
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston har bir fuqarosi uchun 1 dozadan koronavirusga qarshi vaksina buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi

14 noya, 14:24 2 298 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston har bir fuqarosi uchun 1 dozadan koronavirusga qarshi vaksina buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi Kelajakdagi koronavirusga qarshi vaksinalarning yarmidan ko‘pi allaqachon boy davlatlar tomonidan buyurtma qilingan. Bu haqda 12 noyabr kuni AQSHning Dyuk universiteti huzuridagi Global Health Innovation Center tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib, The Economist nashri ma’lum qildi.

Markaz tadqiqotchilari hali tayyorlanmagan vaksinalarning oldindan buyurtmasi mavjud bo‘lgan bozor majburiyatlari bitimlarini tahlil qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kelajakdagi COVID-19 vaksinalarining oltidan biri AQSHga tomonidan sotib olinadi. Bir nafar amerikalik uchun hukumat uchta doza vaksina buyurgan. Umuman olganda, Amerika Qo‘shma Shtatlari bir milliard doza vaksina sotib oladi.

Kanada har bir fuqarosiga eng ko‘p vaksinani oldindan buyurtma qilgan — bir nafar kanadalikka o‘nta doza to‘g‘ri keladi.
Markazning tasdiqlangan buyurtmalar haqidagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bir kishi uchun bir doza koronavirusga qarshi vaksinaga buyurtma bergan.

Foto: The Economist
Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina uchun allaqachon 600 million doza buyurtma olingan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi bilan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichini o‘tkazish haqida kelishuvga erishdi. Sinov 5000 nafar ko‘ngillida o‘tkaziladi. Avvalroq Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning xabar berishicha, koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish uchun nafaqat Xitoydan, balki Rossiya, Yevropa va AQSHdan olib kelish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Rossiyaning «Vektor» ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng uning qo‘shma sinovlarini o‘tkazishga qiziqish bildirgandi. Shuningdek, O‘zbekiston «Sputnik-V» vaksinasining 5000 dozasini ajratish yuzasidan Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasiga murojaat qilgani ma’lum bo‘lgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 94
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 81
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 73
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 95
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 574
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 539
  • So'nggi yangiliklar
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 2
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 28
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 20
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 50
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 195
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 135
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 204
  • Bo‘limlar