“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:22
ЎЗO‘Z

Koronavirusdan tezroq tuzalish uchun nima yeb-ichish kerak?

13 noya, 23:25 4 456 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusdan tezroq tuzalish uchun nima yeb-ichish kerak? Foto: «Gastritinform.ru»
Koronavirusni yuqtirib olganda muayyan ovqatlanish qoidalari kasallik kechishini yengillashtirib, tuzalish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Rossiyalik endokrinolog-diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Yelena Yarovova bu haqda o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, oddiy uglevodlar, pishiriqlar, pechenya va har turli shirinliklar, xususan, asal va murabbodan bosh tortish kerak.

«Shirinlik tuzalishga yordam bermaydi», — deydi shifokor.

Shu bilan birga, murakkab uglevodlar (sabzavot va yormalar), mevalar va ko‘katlarni taomnomadan chiqarib tashlamaslik kerak. Ich buzilishining oldini olish uchun odam kuniga 35 gramm kletchatka qabul qilishi darkor. Bu taxminan 600 gramm sabzavot va bir bog‘ ko‘kat degani. Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, mevalarni mavsumga qarab tanlash maqsadga muvofiq. Antioksidant va vitaminlarga boy rezavorlar foydalidir.

Sut mahsulotlaridan, yaxshisi, kefir bilan qatiq iste’molini cheklagan ma’qul: ular COVID-19da diareyani kuchaytirishi mumkin. Tvorog, qattiq pishloq singari sut mahsulotlarini esa bemalol tanovul qilsa bo‘ladi.

Endokrinologning qayd etishicha, jonivor va o‘simlik yog‘larini iste’mol qilishda tanqislikni yuzaga keltirmaslik muhim. Ular taom kaloriyasining kamida 30-35 foizini tashkil etishi darkor. Shuningdek, xasta tanaga oqsil kerak: parranda, baliq, go‘sht, dengiz mahsulotlari.

Agar bemorning ishtahasida muammo bo‘lsa, kurka va sabzavotlardan yengil sho‘rva, sufle ko‘rinishidagi go‘sht yoki suyuq sho‘rvalar tayyorlash tavsiya etiladi. Kasallik paytida organizmni zo‘riqtirib qo‘ymaslik uchun ko‘p ovqatlanmaslik lozim. Bunday holatda ichimlik tartibiga amal qilish — kuniga kamida 1,5 litr suv ichish maslahat beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 105
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 271
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 180
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar