“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:21
ЎЗO‘Z

OFKdan xabar keldi: JCH saralash ikkinchi bosqichi 15 iyungacha tugaydi

11 noya, 23:17 2 116 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OFKdan xabar keldi: JCH saralash ikkinchi bosqichi 15 iyungacha tugaydi Bugun OFK shtab-kvartirasida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda eng avvalo to‘xtab qolgan JCH-2022 saralash o‘yinlarini qachon davom ettirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, hozirgi vaziyatga ko‘ra bu yil hisobidan rasmiy o‘yinlarni davom ettirishning imkoni yo‘q, shu bois OFK 2020 yil hisobidan saralash uchrashuvlarini o‘tkazmaslik haqida qaror chiqargan.

Bugungi yig‘ilishda jahon chempionati saralashining navbatdagi turlarini 2021 yil mart va iyun oylarida o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi va bir ovozdan ma’qullandi. Shunday qilib 7 va 8-tur o‘yinlari 2021 yilning mart oyida tashkil etiladi hamda 9 va 10-turlar iyunda bo‘lib o‘tadi. Bu o‘rinda barcha uchrashuvlar 15 iyunga qadar tugagan bo‘lishi shart. (OFK aniq sanalar bo‘yicha keyinroq ma’lumot beradi).

Saralashning hal qiluvchi uchinchi bosqichi esa kutilganidek kelasi yil sentabrda start oladi va 2022 yil mart oyida oxirgi saralash bosqichi tugaydi. O‘z guruhlarida birinchi-ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar o‘rtasida pley-off o‘tkaziladi. Avvalgi yillardan farqli o‘laroq, bu safar pley-off uchrashuvi bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 0
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 41
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 280
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 286
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 153
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 41
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 192
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 211
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 131
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 190
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 198
  • Bo‘limlar