“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 10:18
ЎЗO‘Z

DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi

10 noya, 12:00 2 153 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida zig‘ir va kungaboqardan yog‘ ishlab chiqaruvchi korxona qurilishi uchun aksiyadorlik tijorat bankidan 2 mlrd. 800 mln. so‘m kredit chiqartirib berish evaziga mahalliy tadbirkordan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida 3 nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Namangan viloyatida DXX va Prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mahalliy tadbirkordan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil tadbirkorga qarashli MCHJ faoliyati soliq idoralari tomonidan tekshirilib, soliq qarzdorligi aniqlangan va uni undirish uchun to‘plangan hujjatlar MIBga yuborilgan. MIBning tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari esa 3 ming AQSH dollari evaziga qarzdorlikni yopishini aytib, vositachi orqali tadbirkordan muqaddam 1000 AQSH dollari va 2 mln. 230 ming so‘m pul mablag‘larini olgan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xodimi 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. U mazkur pul mablag‘i evaziga tanishlarining yordami orqali fuqaroni Rossiyaning Qozon federal universitetining turizm fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

DXX va Departament xodimlarining Sirdaryo viloyatida o‘tkazgan tezkor tadbirida esa viloyat kardiologiya dispanserida bosh hisobchi lavozimida ishlovchi shaxs mahalliy fuqaroni Qozog‘iston Respublikasidagi tanishlari orqali Chimkent shahridagi oliy ta’lim muassasasining iqtisodiyot yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga undan 2700 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 98
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 212
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 54
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 16
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 358
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 548
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 454
  • Bo‘limlar