“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 20:28
ЎЗO‘Z

Yuqori xolesterin miqdorini tushirishda yordam beruvchi foydali mahsulotlar

09 noya, 15:25 2 221 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuqori xolesterin miqdorini tushirishda yordam beruvchi foydali mahsulotlar Foto: «MedikForum»
Shifokorlar xolesterin miqdorini pasaytirish uchun kundalik ovqatlanishda bir necha qoidalarga rioya qilishni ma’qul deb biladi. Shuningdek, ular tavsiya qilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish salomatlik uchun muhim hisoblanadi.

Yuqori xolesterin organizm uchun eng katta muammo hisoblanib, u yurakning ishemik kasalliklari, ayniqsa, yurak xurujini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham mutaxassislar ortiqcha xolesterindan xalos bo‘lish uchun ba’zi mahsulotlarni muntazam iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Organizmdagi xolesterin miqdorini parhez qilish orqali kamaytirish mumkin. Masalan, ratsionga to‘yingan yog‘ga boy bo‘lgan mahsulotlar o‘rniga foydalilarini kiritish orqali amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, mutaxassislar oltin qoida sifatida quyidagi mahsulotlarni iloji boricha ko‘proq iste’mol qilishga buyuradi:

Anjir
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har kuni 120 gramm quritilgan anjir mevasini iste’mol qilish umumiy xolesterin miqdorini yaxshilaydi.

Yong‘oqlar
Bodom, pista, yong‘oq xolesterin miqdorini pasaytirishi olim tomonidan isbotlangan. Bundan tashqari, yong‘oq mahsulotlari qon bosimiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Qon tomirlari yallig‘lanishini kamaytiradi va yurak kasalliklari rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Avokado
Tarkibida E vitamini, kaliy, niatsin, to‘yinmagan yog‘ga ega ushbu mevani nonushtada iste’mol qilish ko‘proq foyda beradi. Shuningdek, avokado tarkibidagi yog‘ yurak xastaliklarini oldini olishda samarali hisoblanadi.

Bundan tashqari yuqori xolesterin miqdorini kamaytiruvchi uchta oddiy parhez ko‘rsatmasi mavjud:
- skumbriya, losos, sardina, seld kabi yog‘li baliqlarni haftasiga ikki-uch marotaba iste’mol qilish;
- tozalangan don mahsulotlari va ularning pyuresi o‘rniga grechka, arpa, jigarrang guruch va boshqa dukkaklilarni tanovul qilish;
- tayyor yeguliklar iste’molini to‘xtatish va ularning o‘rniga yong‘oq, pista, meva va sabzavot iste’mol qilish tavsiya etiladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot 16 мая, 19:27
  • «Yomon» xolesterin – yurak uchun xatar 29 okt, 16:38
  • Gemoglobinni oshiruvchi 5 ta mahsulot... 17 fev, 13:57
  • Yurak uchun "eng foydali mahsulotlar" ma’lum qilindi 28 yanv, 09:23
  • Yurak uchun qanday mahsulotlar foydali? 07 dek, 22:13
  • Yurakka ham quvvat kerak! 24 noya, 22:28
  • So'nggi yangiliklar
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 102
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 213
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 190
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 195
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 263
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 234
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Rossiyadan Italiyaga borgan futbolchilar ortga qaytadi! Shomurodovchi? 24 okt, 13:08 473
  • Shomurodov "Napoli"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydimi? 24 okt, 12:46 377
  • Bo‘limlar