“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 01:58
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga qon tahlillari natijalarini uch daqiqada chiqarib beruvchi 5 dona mobil texnika keltirildi

08 noya, 13:23 1 785 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga qon tahlillari natijalarini uch daqiqada chiqarib beruvchi 5 dona mobil texnika keltirildi Germaniyaning nufuzli Robert Kox institutining tajribali mutaxassislaridan iborat tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda yurtimiz shifokorlariga yaqindan ko‘mak berish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turishibdi. Ushbu delegatsiya rahbari Gerald Ripbergerning yurtimizdagi pandemik vaziyat borasidagi fikrlari bilan qiziqdik:

"Koronavirusga qarshi kurash choralariga davlat darajasida e’tibor berilishi, virusning tarqalishini birmuncha jilovlay olishga imkon berganiga guvoh bo‘ldik. Infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash standartlari va protokolning oxirgi — yettinchi nashrini ham ko‘zdan kechirdik. Ayrim jihatlarni inobatga olmaganda, Germaniyada “COVID-19” bilan kasallanganlarni davolash protokolining oxirgi nashridan farq qilmaydi.

O‘zbekistonlik hamkasblarimizning tajribasi shunday murakkab vaziyatda xalqaro hamkorlikning o‘rni beqiyos ekanini isbotlamoqda. Ushbu kasallikni davolash bo‘yicha yiqqan bir necha oylik tajribamizni bo‘lishib biz birgalikda harakat qilishimiz juda muhim.

Shoshilinch tibbiy xizmat sohasi vakili sifatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bilan tanishishga qiziqqanimda uning binosining konstruksiyasi, arxitekturasi, reanimatsiya bo‘limlarining tuzilishi Germaniyaning klinikalariga o‘xshab ketishini sezdim. Surishtirsam, ushbu markaz nemis modeli bo‘yicha qurilgan ekan. Bu yerda ko‘rsatilayotgan xizmat darajasi ham yuqori ekani bizni quvontirdi.

O‘zbekistonlik hamkasblarimizga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan, reanimatsiya bo‘limlarida sun’iy nafas berish apparatida yotgan bemorlarning qon tahlillari natijalarini uch daqiqa davomida chiqarib beruvchi 5 dona mobil texnikani taqdim etdik. Bu uskuna yordamida shifokorlaringiz bemorlarga yanada tezkor tibbiy yordam bera oladilar, degan umiddamiz
", deydi mutaxassis.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 47
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 461
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 78
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 76
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 0
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 0
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 0
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 0
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 91
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 70
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 79
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 15
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 145
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 177
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 51
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 120
  • Bo‘limlar