“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:35
ЎЗO‘Z

Pompeo AQSHdagi saylovlarni “tomosha” deb atagan Eron oliy yetakchisini tanqid qildi

08 noya, 11:39 2 024 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pompeo AQSHdagi saylovlarni “tomosha” deb atagan Eron oliy yetakchisini tanqid qildi Foto: AP
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo tvitterda Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy bilan tortishuvga kirishdi. Bundan avvalroq Hameneiy AQSHdagi prezident saylovlarini “tomosha” deb atagandi.

Eron oliy yetakchisi bu haqda tvitterda yozgan. “AQSHdagi vaziyat va u yerda saylovlar haqidagi aytilayotgan gaplar – bu tomosha! Bu AQSHdagi liberal demokratiyaning xunuk qiyofasidir”, deb yozgan Hameneiy.

U, shuningdek, AQSHdagi saylovlar o‘z natijalaridan qat’i nazar, AQSH tuzumining siyosiy, fuqarolik va ma’naviy tanazzulini fosh qilishini aytgan. Avvalroq Hameneiy Tehronga AQSHdagi prezident saylovlarida kim g‘alaba qozonishining farqi yo‘qligini aytgan.

Pompeo Hameneiyning yuqoridagi so‘zlariga uni tanqid qilish bilan javob qilgan. Uning aytishicha, Amerika eng buyuk millat bo‘lib qoladi. U Erondagi saylovlarni “bema’nilik” deb atagan va “ularga yuzlab nomzodlar qo‘yilmasligini” ta’kidlab o‘tgan.

Siz shaxsan o‘z xalqingizdan millionlab dollar o‘g‘irlagansiz. Sizning saylovlar – bema’nilik, ularga yuzlab kishilar hattoki o‘z nomzodini ilgari surishga qo‘yilmaydi. Bugun xalqingiz och qolmoqda, chunki siz kleptokratiyangizni himoya qilish uchun o‘z qo‘l ostingizdagilarning urushiga milliardlab pullar sarflagansiz”, deb yozgan Pompeo Hameneiy nomiga.

.@khamenei_ir - You’ve personally stolen hundreds of millions of dollars from your people. Your elections are a joke, with hundreds of candidates disqualified from even running. Today, your people starve because you spend billions on proxy wars to protect your kleptocracy. pic.twitter.com/4pCD6ilguC

— Secretary Pompeo (@SecPompeo) November 7, 2020

7 noyabrda AQSH ommaviy axborot vositalari Jo Baydenni AQSHdagi prezident saylovlari g‘olibi deb e’lon qilgan. Biroq amaldagi prezident Donald Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olmoqchi emas. Tramp Bayden o‘zini mamlakatning yangi yetakchisi deb atashda shoshqaloqlik qilganini va saylovlar natijalari bo‘yicha sudda bahslashishini aytgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 0
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 276
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 90
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 426
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 81
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar