“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 08:32
ЎЗO‘Z

Prezident: «Aholi davlat tizimida ko‘rsatilgan xizmatlarning 43 foizi uchun pul to‘lamoqda»

06 noya, 20:09 2 381 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: «Aholi davlat tizimida ko‘rsatilgan xizmatlarning 43 foizi uchun pul to‘lamoqda» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz nashri xabar berishicha, yig‘ilishda prezident joylarda fuqarolar tibbiyot muassasalaridagi qaysi xizmat bepul va qaysisi pulli ekani borasida ma’lumotga ega emasligi haqida gapirgan.

«Fuqarolardan tizimga tushayotgan eng ko‘p e’tirozlar ham shundan bo‘lmoqda. Ular bilmaydi, qaysi xizmat pulli, qaysi biri bepul ekanligini. Bizdagi aniq ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar davlat tizimida ko‘rsatilgan 43 foiz xizmatlar uchun pul to‘lagan. Xo‘sh, bizda o‘zi tibbiyot pullimi yoki bepulmi?», – deya mas’ullarga savol bilan murojaat qilgan prezident.

Davlat rahbari shulardan kelib chiqqan holda, endilikda sog‘liqni saqlash tizimi holatini o‘rganib chiqish uchun 2ta ishchi guruhi tashkil etilishini ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, yangi ish tizimiga muvofiq, respublika hududlari bo‘yicha 2ta ishchi guruhi tashkil qilinadi.
«Vazir Abdurasul Hojiboyev rahbarligidagi 1-guruh – vodiy viloyatlari, Jizzax, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga;
Vazirning birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov rahbarligidagi 2-guruh – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlariga biriktiriladi.

Ishchi guruhlar ikki oy muddatda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardagi tibbiy xizmatni tashkil etish tizimi, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining vazifa va funksiyalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqishi lozim
», deydi prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 228
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 138
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 216
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 125
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 110
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 3
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 93
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 144
  • Bo‘limlar