“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:30
ЎЗO‘Z

Mashinalarga ksenon fara qo‘yish mumkinmi?

06 noya, 08:40 7 986 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mashinalarga ksenon fara qo‘yish mumkinmi? Avtomobillarning tashqi ko‘rinishiga o‘zgartirish kiritish mumkin emasligini yaxshi bilamiz. Oynalarga deymizmi, faralargami va yo kuzovga – tegishli ruxsat bilan amalga oshiriladigan, ayrimlariga umuman ruxsat berilmaydigan ish bu.

So‘nggi paytlarda yorituvchi chiroqlarni ksenon chiroqlarga – qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yo‘l harakati ishtirokchilariga noqulaylik tug‘diradigan o‘ta yorug‘ chiroqlarga almashtirib olayotganlar ko‘payyapti. Bu harakatning boshqa ishtirokchilariga noqulaylik tug‘dirishi barobarida, yo‘l-transport hodisalarini ham keltirib chiqaradi.

Inspektorlar tomonidan negadir aynan shu qoidabuzarlikka e’tibor kamdek tuyuladi. Bu qoidabuzarlikni aniqlash ham oson emas: kunning faqat qorong‘u qismida aniqlash mumkin, harakatdagi avtomobilning ortidan quvish kerak bo‘ladi, aqalli uning raqamini yozib olish lozim va umuman, bir qator noqulayligi bor jarayon. Bu haqdagi savolga IIV YHXBB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov Kun.uz bilan suhbatda javob berdi.

«Bu qoidabuzarlikka ma’muriy javobgarlik bor. Transport vositalariga boshqa yoritish moslamalari o‘rnatish mumkin emas. Ha, texnik ko‘rikdan o‘tgach, yoritish moslamalarini ksenon va yoki boshqa kuchli yoritgichlarga almashtirib olayotganlar bor. Bunday qoidabuzarliklar tun paytida sodir etiladi. Tungi naryadlarimiz bu holatlarga chek qo‘yishadi. Statistikaga e’tibor bersak, yil boshidan beri shu kunga qadar 11 mingdan ortiq transport vositalari egalariga nisbatan choralar ko‘rilganini aytish lozim. Qiyin jihati buni faqat tundagina aniqlash mumkin», dedi Erali Bozorov.

Bobur Akmalov




Mavzuga oid yangiliklar
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 220
  • AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi 24 mar, 06:09 101
  • “Bu o‘zbekistonliklarni ayovsiz talash degani” — faollar elektromobillar importiga cheklov qo‘yilishidan norozi 19 mar, 18:02 896
  • UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi 12 mar, 18:23 186
  • UzAuto Motors avtomobillar narxi oshirilishini e’lon qildi 12 mar, 16:09 321
  • Endi transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin 08 mar, 15:56 358
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar