“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:30
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura UzAuto Motors’ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi

05 noya, 18:05 2 274 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura UzAuto Motors’ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi Joriy yilning 21 avgust kuni Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha UzAuto Motors AJda qonunchilik hujjatlari buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilar huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotganligi sababli bosh prokurorga “Deputatlik so‘rovi” yuborgan edi.

Rasul Kusherbayevning yozishicha, “Deputatlik so‘rovi” o‘zi, Doniyor G‘aniyev, Nodir Jumayev, Bekmirza Eshmirzayev, Zafar Jalolov, Anvarxon Temirov tomonidan yuborilgan. Unda masalani Bosh prokuratura mahkamasi tomonidan o‘rganib, huquqiy baho berish va jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligi yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon etish so‘ralgan.

Ko‘pchilik saylovchilarni qiziqtirayotgan so‘rov yuzasidan shu yilning 4 noyabr kuni bosh prokuror o‘rinbosari imzosi bilan xabarnoma shaklida javob xati oldik.

Bosh prokuratura tomonidan 2020 yil 28 oktabr sanasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xabarnomada UzAuto Motors AJda o‘tkazilgan tekshirishda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganligi, agar tekshirishdan norozi bo‘lsak qaror ustidan shikoyat qilishimiz mumkinligi ma’lum qilingan
”, – deb yozadi Rasul Kusherbayev.

Uning ma’lum qilishicha, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuborishi, so‘rovga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanishi belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq, mansabdor shaxslar tomonidan parlament so‘rovini, deputat, senator so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Joriy yilning iyul oyi oxirlarida Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi.
O‘z navbatida, UzAuto Motors bayonot bilan chiqib, avtomobillar narxi asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsiz ekanini ma’lum qildi.

Sentabr oyi o‘rtalarida UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oshirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatmasini o‘z ichiga olgan qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qildi. 30 oktabr kuni sud avtomobillar narxi masalasida UzAuto Motors foydasiga qaror chiqardi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar