“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:56
ЎЗO‘Z

Bayden: «Ovozlar hisob-kitobi yakunlanganidan so‘ng g‘alaba qozonamiz»

05 noya, 16:25 1 948 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bayden: «Ovozlar hisob-kitobi yakunlanganidan so‘ng g‘alaba qozonamiz» Foto: Global Look Press
Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden murojaat bilan chiqib, unda saylovlarda g‘alabaga erishganini e’lon qilmagan. Biroq u ovozlar hisob-kitobi yakunlangach baribir g‘oliblikni qo‘lga kiritishga ishonishini bildirgan, deb xabar beradi «RBK».

«Bu yerda yutganimizni e’lon qilish uchun turganim yo‘q. Biroq shuni ma’lum qilmoqchimanki, ovozlar hisob-kitobi yakunlangach biz g‘alaba qozonamiz», — deydi Bayden.

Baydenning ta’kidlashicha, u saylovlarda g‘olib chiqish uchun yetarlicha shtatda yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, u ushbu g‘alaba — bu «Amerika xalqi va demokratlarning g‘alabasi» ekanligini ma’lum qilgan.

Prezidentlikka nomzodning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Donald Tramp shtabi ovozlarni hisoblash jarayonini to‘xtatib qo‘yishga uringan Pensilvaniya shtatida «yaxshi natijalar»ni qayd etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden 95 foiz byulletenlar hisob-kitobi bo‘yicha Viskonsinda g‘alaba qozonmoqda — unda 49,6 foiz ovoz. Trampda esa 48,9 foiz. Michigandagi 99 foiz byulletenlar hisobi bo‘yicha ham Demokratlar partiyasi nomzodi yetakchi — 49,9 foiz.

Shu bilan birga, Trampning saylovoldi shtabi suddan Michigan va Pensilvaniyadagi ovozlarni hisoblash jarayonini to‘xtatishni, shuningdek, Viskonsinda natijalarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan.

Avvalroq Donald Tramp Oq uyda tarafdorlari oldida chiqish qilib, «biz barchasini yutdik» degan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 3
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 276
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 90
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 426
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 81
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar