“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:00
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha masalalar hal qilinmoqda

04 noya, 21:46 2 392 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha masalalar hal qilinmoqda Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimidagi nutqi matnini keltirdi.

«Xitoy Xalq Respublikasi Raisining savdo sohasida barqarorlikni ta’minlash, savdo to‘siqlarini bartaraf etish, shuningdek, turli mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash orqali global iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi strategik kursi O‘zbekistonda yuksak baholanmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning eng muhim jihatlariga to‘xtalishni istardim.

Birinchidan. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni, shu jumladan tashqi savdo rejimini liberallashtirish izchil amalga oshirilmoqda.
Jahon savdo tashkilotiga kirish va yanada qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha masalalar hal qilinmoqda.

Normativ-huquqiy bazamizni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish borasida faol ish olib bormoqdamiz. Bojxona-tarif, fiskal tartibga solish va eksport-import protseduralari mexanizmlarini takomillashtiryapmiz, ularni sezilarli darajada soddalashtiryapmiz, “yashil yo‘laklar”ni shakllantirish davom etmoqda.

Ikki mamlakat bozorlarida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar nomenklaturasini kelishish va ularni ishlab chiqarish loyihalariga investitsiyalar yo‘naltirilishini rag‘batlantirish taklif etiladi», degan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2019 yil iyul oyida O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni ko‘rib chiqishga taqdim etgan paytda boshlangan edi. 2019 yil noyabrida Yevropa ittifoqi O‘zbekistonning JSTga kirishi uchun 5 mln yevro ajratdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi «Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga asosan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilgan.

2020 yil iyulida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston va JST mamlakatning mazkur tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh uchrashuvlarini qayta boshlayotgani haqida xabar bergan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 50
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 77
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 59
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 96
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Bo‘limlar