“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:18
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston IIV va milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbarlari qidiruvga berildi

03 noya, 21:16 2 675 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston IIV va milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbarlari qidiruvga berildi Foto: Busurmankul Tabaldiyev
Qirg‘izistonning sobiq ichki ishlar vaziri Kashkar Junushaliyev va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Orozbek Opumbayevga nisbatan 5-6 oktbyar kunlari yuz bergan tartibsizliklar to‘g‘risidagi ish doirasida umumrespublika qidiruvi e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti apparati vakili Nurgazi Anarkulov ma’lum qildi.

"Gap birinchi navbatda ularning tartibsizliklar vaqtida o‘z joylarini tashlab ketishgani to‘g‘risida bormoqda", - dedi Anarkulov.

Qirg‘izistonda 4 oktabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng Bishkekda ovoz berish natijalaridan norozi bo‘lganlar boshlagan mitinglar tartibsizliklarga aylanib ketdi. 5 oktabr kuni tartibsizliklar vaqtida ichki ishlar vaziri Junushaliyev va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Opumbayev o‘z ish joylarini tark etishdi va ishga qaytishmadi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, Bishkekdagi tartibsizliklar davomida mingdan ortiq kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 222
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 508
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 439
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar