“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2020, 12:17
ЎЗO‘Z

Faqat armanilar uchun qolgan Armaniston

31 okt, 17:00 2 872 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Faqat armanilar uchun qolgan Armaniston Armanilar o‘zlarini dunyodagi eng qadimiy davlatlardan birining vakillari deb jar solishadi. Ming yillardan beri dunyoning to‘rt tomoniga tarqalib ketgan armanilar o‘z ajdodlari qanday ulug‘ xalq bo‘lganini tanitish uchun ertaklar to‘qib, o‘zlariga tegishli bo‘lmagan tarixiy va madaniy yodgorliklarni o‘zlashtirib olishganini ko‘pchilik bilmaydi.

Kavkazda bundan ikki ming yildan avval albanlar yashagan va ularning cherkovlari juda kuchli bo‘lgan. Keyinchalik, armanilar ularning tarixi va cherkovlarini o‘zlashtirib, Kavkazdan siqib chiqarishga erishgan.

Hozirgi Armaniston hududida musulmonlar VII-VIII asrdan boshlab yerlashgan. X asrdan boshlab bu tuproqlar turli turk qabilalari tomonidan tuzilgan musulmon davlatlar tomonidan boshqarilgan.

Armaniston boshkenti Yerevan ozariy-turklar tomonidan rivojlantirilgan shahardir. O‘rta asrlardan boshlab Yerevanda 90% aholi musulmonlardan iborat edi. U paytlar armanilar, asosan, Turkiyaning sharqi va Erondan tortib, to Hindistongacha hududga tarqalib yashagan.

1826 yili O‘rusiya Qajar turklari boshqargan Eron bilan jangda g‘olib bo‘lgach, Araks daryosining shimolidagi Naxichevan, Yerevan va Talish xonliklari O‘rusiyaga bo‘ysundirilgan. Shunday qilib, Ozarbayjon xalqi ikkiga bo‘linib, katta qismi yashaydigan hududlar Eronda qolib ketgan.

1928 yili tuzilgan Turkmanchay sulh shartnomasi moddasiga ko‘ra, Erondan armanilar ommaviy ravishda uchta xonlik hududi va Gurjistonga ko‘chirib kelingan. Shu tariqa, o‘ris imperatorga diniy jihatdan sodiq aholi qatlami nufusi oshirilib, ozariylarni siqib chiqarish siyosati boshlangan.

1915 yillardan boshlab O‘rusiya imperatori himoyasiga sig‘ingan armanilar Turkiya va Erondan, 1948-1953-yillarda esa dunyodagi o‘ndan ortiq davlatdan ko‘chib kelishgan.

Tarixni soxtalashtirishga ustasi farang armanilar ko‘chib kelgan hududlarda asta-sekin ozariy va islom madaniyatiga oid tarixiy obidalarni yo‘q qilishga kirishadilar. Masjidlar, o‘rislar to‘rt yilda zo‘rg‘a olgan Yerevan qo‘rg‘oni va boshqa musulmon obidalari yo‘q qilinib, soxta tarix yaratilgan. Sovet davrida Armaniston SSRdagi 640 qishloqdan 638 tasining ozariycha nomlari armanchaga o‘zgartirilgan.

1948 yili Armaniston SSR Oliy Soveti prezidiumi ozariylarni Ozarbayjonga ko‘chirish haqida farmon chiqarib, 50 ming kishini majburiy ravishda qo‘shni respublikaga ko‘chirgan. Qizig‘i, bu ish Moskvaning roziligi bilan amalga oshirilgan. Shu tariqa, Turkiya chegarasiga yaqin yashayotgan qardosh xalq sovet imperiyasining musulmon xalqni kamsitish siyosatiga qurbon qilinib, ona-vatanidan quvg‘inga tushgan.

Statistik raqamlar juda o‘jar bo‘ladi. G‘arb davlatlari qatori, O‘rusiya imperiyasi ham o‘ziga tegishli hududlarda XIX asr boshlaridan e’tiboran aholini ro‘yxatga olgan. Bu bilgilarni internetdan qulaylik bilan topsa bo‘ladi.

Men Bikipedia ensiklopedik veb-sayti o‘rischa variantida Armaniston aholisi haqida ma’lumot olmoqchi bo‘ldim. Lekin, u yerda turli yillarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlari va qaysi millat soni qancha bo‘lgani haqida umuman bilgi yo‘q ekan! Armanilar shu yerda ham o‘z manfaatlarini qo‘riqlay olishibdi!

Majbur bo‘lib, saytning inglizcha sahifasiga kirdim va 1926 yildan boshlab Sovetlar Birligida o‘tkazilgan butunittifoq aholi ro‘yxati natijalarini topishga erishdim. Armanilarga kelganida, Chor Rossiyasi davridagi raqamlar ham, afsuski, yo‘q ekan. Bo‘lganida edi, hozirgi Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ hududlarida aslida kimlar yashab, rivojlantirgani oshkor bo‘lib qolardi-da!

Ozariylar Armaniston SSRga sig‘dirilmagani uchun tark etishi 1939 yilgi statistik raqamlarda juda yaxshi namoyon bo‘lgan. Unga ko‘ra, Armaniston SSRda ozariylar 130,896 kishi yoki jami aholining 10.2 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 1948 yildagi majburiy deportatsiyadan keyin o‘tkazilgan 1949 yilgi ro‘yxatda ularning soni 107,748 yoki 6,1 foizga tushib qolgan.

1979 yili ozariylar 160,841 kishi yoki 5.3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1988 yili boshlangan milliy nizolardan bir yil o‘tib, bu raqamlar 84,860 kishi yoki 2.6 foizgacha pasaygan.

2001 yili mono-etnik davlatga aylanib bo‘lgan Armanistonda atigi 29 ozariy yashagan. 2011 yili esa fashist davlatda bitta ham ozarbayjon qolmagan. 1830 yili aholining 64 foizini ozariylar tashkil qilgan Yerevan shahri allaqachon faqat armanilar yashaydigan mono-etnik boshkent maqomini olgan.

Usmoniylar davrida "sodiq millat" deb nom qozongan armanilar soni 1906 yili 1,160,000 nafarni tashkil qilgan. Ular birinchi jahon urushi boshlanganida imperiyaga xiyonat qilib, O‘rusiyaga birlashish istagida orqadan hanjar botirgan. Armanilar tinch musulmon aholini o‘ldira boshlagan. G‘arbiy frontda kurashayotgan turklar kuchni sharqqa tashlab, qo‘zg‘olonni bostirishga erishishadi.

Natija o‘laroq, harbiy davr qoidalariga asosan, armanilarni janubga surgun qilish haqida qaror olingan. Bu voqealarni armanilar dunyodagi ko‘pgina davlatlarga "armani qatliomi" deb, yedirishga muvaffaq bo‘ldi. Aslida esa, salkam ikki yuz yildan beri o‘zlari ozarbayjonlarni qatliom qilib, etnik tozalash o‘tkazgani haqida g‘arb davlatlari nimagadir sukut saqlashmoqda.

Holbuki, Armaniston agressor davlat o‘laroq Ozarbayjonning yettita tumani va Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyatini bosib olgani BMT tarafidan e’tirof etilgan. BMTning to‘rtta rezolyutsiyasida Armaniston o‘z qo‘shinlarini Ozarbayjon tuproqlaridan hech qanday shartsiz olib chiqib ketishi talab qilingan. Qudratli armani lobbisiga o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida quloq solishga majbur g‘arb davlatlari BMTning salkam 30 yildan beri bajarilmayotgan qarorlarini esga olishni yoqtirishmaydi

Agar armanilar qanday qilib ozariylarni quvib chiqarib, Armanistonga ko‘chib kelgani haqida kengroq bilgi olmoqchi bo‘lsangiz, armanilar o‘z og‘zidan aytgan intervyular asosida yaratilgan o‘rischa hujjatli filmni quyidagi linkdan ko‘rishingiz mumkin:

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Muallif Baxtiyor Shohnazar




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Yerevan va Boku bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi 10 okt, 15:00
  • Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon tomoni yana o‘t ochganini xabar qildi 13 iyul, 14:50
  • Armaniston va Ozarboyjon chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi 12 iyul, 23:30
  • Ozarbayjon Prezidenti Armaniston poytaxtiga da’vo qilmoqda 21 fev, 19:00
  • Ozarboyjon prezidenti: "Biz Yerevanni qaytib olishimiz kerak" 08 fev, 23:30
  • Erevanda "qurolli isyonga urinish" haqida e’lon qilindi 17 iyul, 14:08
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHdagi cho‘ldan topilgan 3 metrli sirli tarixiy monolit yo‘qolib qoldi 30 noya, 12:00 0
  • Bir grammi 146 ming so‘mdan 20 dollargacha: Urgutda opiy sotayotganlar ushlandi 30 noya, 11:30 123
  • Roy Jons: «Hakamlar qaroriga qo‘shilmayman, men Taysonni yutgandim» 30 noya, 11:05 182
  • Indoneziyadagi Levotolo vulqonining uyg‘onishi(video) 30 noya, 10:33 146
  • Amerikalik qiz kasal oqqushni qutqarish uchun tug‘ilgan kunini nishonlashdan voz kechdi 30 noya, 10:01 193
  • «Murdasi kuydirilgan» hind uyiga qaytib keldi 30 noya, 09:30 637
  • Sudya bosh shifokor Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha prokurorga majburiyat yukladi 30 noya, 09:00 620
  • Namanganlik maktab o‘quvchisi Buyuk Britaniya qirolichasidan maktub oldi 30 noya, 08:30 415
  • Maradonaning o‘limida shaxsiy shifokori ayblanmoqda 30 noya, 08:00 600
  • Mayk Tayson zarbalar statistikasi borasida Roy Jonsdan yaqqol ustunlik qilgani ma’lum bo‘ldi 30 noya, 07:30 545
  • Koronavirus tarqalishiga qarshi super lift yaratildi 30 noya, 07:00 311
  • Hayot uchun eng zarur 6 elementning hammasi kometada mavjudligi tasdiqlandi 30 noya, 00:30 684
  • Bo‘limlar