“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 14:29
ЎЗO‘Z

Strategik maqsad: ta’lim-tarbiya sohasini keskin o‘zgarishlar kutmoqda

31 okt, 16:27 2 221 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Strategik maqsad: ta’lim-tarbiya sohasini keskin o‘zgarishlar kutmoqda Bugun zamonning shiddatkor to‘lqinlariga bardoshli bo‘lishning, rivojlanish va taraqqiyotning, qolaversa, global integratsiyaning yagona yo‘li ta’lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirish ekani isbot talab qilmaydigan aksiomaga aylandi. Ana shu hayotiy haqiqatni ro‘yobga chiqarish O‘zbekistonning strategik maqsadlaridan biridir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun esa natijalarga bexato erishish imkonini beradigan islohotlar kerak. Mamlakatimizda bu jarayon boshlandi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan «Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi aynan ta’lim-tarbiya tizimida tub burilish yasashi kutilayotgan hujjatdir.

Yusuf Xos Hojibning «o‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur, bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur» degan hikmatli so‘zlarining amaldagi tasdig‘ini ta’minlaydigan mazkur farmon loyihasiga keng jamoatchilik o‘z taklif va mulohazalarini bildirmoqda, tuman, shahar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida muhokama qilinmoqda. Zero, unda mamlakatning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda.

E’tiborli jihati, hujjat loyihasida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturining tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan. Bu bilan sohada yillar davomida to‘planib qolgan, ta’bir joiz bo‘lsa, tizimning iligini quritgan muammolarga barham beriladi. Masalan, jamiyatda tarbiyachi va o‘qituvchi mavqeini oshirish, ularni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, maktabgacha ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirish, bolalar qamrovini oshirish va maktabgacha ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish chora-tadbirlari belgilanmoqda.

Mamlakat taqdirini ta’lim-tarbiyada deya bilgan Abdurauf Fitrat «Hayot yo‘lida birinchi masala – maktab masalasidir» deb aytgan edi. kompleks chora-tadbirlar dasturida iqtidorli o‘quvchilarni saralash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlarning belgilanishi e’tibordan chetda qolayotgan bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aynan ana shunday yoshlarga bilim bera oladigan pedagoglar sonining ortishiga olib keladi. Shu o‘rinda bir mulohaza.

Aslida har bir bolada o‘ziga yarasha iqtidor bo‘ladi. Uni aniqlash va rivojlantirib borish esa malakali kadrlarga bog‘liq. Farmon loyihasida ushbu masalalar ham nazardan chetda qolmagan. Masalan, ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘zining iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rinini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun kasbga yo‘naltirish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Farmon loyihasi meni deputat sifatida, qolaversa, bir necha yillar davomida ta’lim sohasida faoliyat yuritgan mutaxassis sifatida befarq qoldirmadi. Aslida u O‘zbekistoning har bir fuqarosi, kelajak avlodlari taqdiriga daxldor o‘ta muhim hujjatdir. Loyiha qanchalar maromiga yetsa, bilim bo‘ladi, buyuklik bo‘ladi.

Aqshagul TULEGENOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 75
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 121
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 218
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 49
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 38
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 22
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 102
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 88
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 236
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 75
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 124
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 121
  • Bo‘limlar