“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2020, 01:40
ЎЗO‘Z

Tergov qo‘mitasi koronavirusdan vafot etgan bemorlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochdi

31 okt, 15:53 2 319 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tergov qo‘mitasi koronavirusdan vafot etgan bemorlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochdi Foto: RIA Novosti
Rossiya tergov qo‘mitasi Rostov-Don shahridagi "Covid-19" bilan kasallanganlarni davolayotgan 20-sonli kasalxonada bemorlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «RIA Novosti» Rossiya Tergov qo‘mitasi mintaqaviy boshqarmasi vakili Galina Gagalayeva aytib o‘tdi.

Ayni paytda ushbu ish yuzasidan ikki yoki undan ortiq shaxsning ehtiyotsizligi oqibatida o‘lim yuz bergani yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gagalayevaning aytishicha, 11 oktabr kuni 20-sonli kasalxonada koronavirusdan davolanayotgan besh nafar bemor vafot etgan. Hozir tergovchilar ularning o‘limi sabablarini o‘rganishmoqda.

O‘tgan hafta ko‘plab ommaviy axborot vositalarida, kasalxonada bir nechta bemor kislorod yetkazib berishda uzoq vaqt uzilish bo‘lganligi sababli bo‘g‘ilib vafot etgani haqida haqida xabarlar berilgan edi. Shahar rasmiylari ushbu xabarlarni rad etib, kasalxonada favqulodda vaziyat bo‘lmaganligini bildirgandi.

Keyin esa ushbu holat yuzasidan tekshiruvlar boshlandi. Natijada viloyat sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Tatyana Bikovskaya nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan iste’foga chiqdi. Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nadejda Levitskaya esa ishdan bo‘shatildi.

Shuningdek, Kreml ushbu holatga e’tiborni qaratdi, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan bemorlarning o‘limi haqidagi xabarlarni tashvishli deb atadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Tramp «Rossiya bilan aloqalari» bo‘yicha tergov hujjatlarini oshkor qilishga ruxsat berdi 07 okt, 14:43
  • Qayta-qayta uch marta koronavirusga chalingan bemor haqida 30 iyul, 09:30
  • Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi: «Sun’iy nafas oldirish apparatidagi bemorlarning yarmidan ko‘pi vafot etmoqda» 23 iyul, 06:00
  • Koronavirusdan azoblanayotgan bemorlarning qonida xavfli antitanacha topildi 16 iyul, 23:34
  • Kolumbiyada qon bosimi ko‘tarilib, vafot etgan erkak o‘likxonada jonlandi 15 iyul, 20:54
  • “Jip-Tral” chempionatida sportchi jarlikka qulab, vafot etdi (video) 02 apr, 17:50
  • So'nggi yangiliklar
  • Suyaklar mustahkam bo‘lishi uchun qanday ovqatlanish kerak? 05 dek, 00:13 0
  • Fazliddin G‘oibnazarov 5 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi 04 dek, 23:44 158
  • Kutilmagan yangilik. Tedesko O‘runovdan voz kechdi! 04 dek, 23:15 279
  • “Jenoa” muxlislari Shomurodovdan xet-trik talab qilyapti! 04 dek, 22:43 383
  • Yilning eng yaxshi filmlari e’lon qilindi 04 dek, 22:15 702
  • Karantin qoidalarini mensimaslik jarima to‘lashga sabab bo‘ladi 04 dek, 22:00 635
  • Olimlar koronavirusning yo‘lini to‘sadigan mahsulotlarni aniqlashdi 04 dek, 21:31 799
  • Yuk avtotransport xatlanganch, qarzdorlik to‘lab berildi 04 dek, 21:00 332
  • Gulnora Karimova Shveysariyadagi sudda yutib chiqdi 04 dek, 20:20 1 331
  • Sovuq mavsumda lablar qurimasligi uchun 5 ta foydali maslahat 04 dek, 19:45 374
  • Shimoliy Koreya karantinbuzarlarga shafqat qilmayapti 04 dek, 19:11 1 161
  • Shavkat Mirziyoyev yangi zavod hududida daraxt ko‘chati ekdi (foto) 04 dek, 18:36 550
  • Bo‘limlar