“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:10
ЎЗO‘Z

Nikoh uchun majburan o‘g‘irlangan 24 yoshli qiz IIBga murojaat qildi

31 okt, 14:47 3 001 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nikoh uchun majburan o‘g‘irlangan 24 yoshli qiz IIBga murojaat qildi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020 yilning 13 oktabr kuni soat 20:00 da 30 yoshli D.Ye., tanishlari 29 yoshli R.J. va 30 yoshli P.B.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 24 yoshli G.S.(ayol)ni uning erkiga xilof ravishda o‘g‘irlashadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa Qonliko‘l tumani Madeniyat MFY Sari-oltin ko‘chasi chorrahasida G.S. (ayol) uyiga qaytayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Unga kuch ishlatib, D.Ye.ning nomida bo‘lgan P.B. boshqarib yurgan «Nexia-2» rusumli avtomashinasiga majburan mindirib, uni Qonliko‘l tumani Bo‘ston OFYda joylashgan uyiga olib borishadi va G.S.ni D.Ye. bilan nikohda bo‘lishga undashadi.

Holat yuzasidan G.S. tuman IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi xodimlari chiqib ko‘zdan kechirish va boshqa tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazishgan. D.Ye.ning nomida bo‘lgan «Nexia-2» rusumli avtomashina daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda muhrlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qanliko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib bormoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 28
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar