“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 20:13
ЎЗO‘Z

Germaniyada Rossiyada ishlab chiqarilgan plastik yo‘ltanlamaslar salkam 20 ming yevrodan sotuvga qo‘yildi

30 okt, 21:30 1 184 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniyada Rossiyada ishlab chiqarilgan plastik yo‘ltanlamaslar salkam 20 ming yevrodan sotuvga qo‘yildi Foto: «Drom.ru»
Germaniyada Lada 4x4 «Niva» bazasida yaratilgan sakkizta «Apal-21541» yo‘ltanlamaslari sotuvga qo‘yildi. Plastik kuzovga ega avtomobillar 19 990 yevrodan sotilmoqda, deb xabar beradi Motor.

Plastik kuzovli «Stalker» yo‘ltanlamasining loyihasi birinchi bor 2000 yillar boshida paydo bo‘lgan. Biroq moliyalashtirish yetarli bo‘lmagani uchun modelni kichik seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning imkoni bo‘lmagan. Yengil yo‘ltanlamasni yaratish bo‘yicha ikkinchi urinish 2016 yilga amalga oshirilgan. Bir necha yillik loyihalash ishlaridan so‘ng, 2019 yili konveyrdan 30 dan ortiq nusxa chiqqan. Muhandislar 150 ta avtomobil chiqarishni rejalashtirgan, ammo loyiha yana to‘xtab qolgan.

«Apal-21541» modeli Lada 4x4 «Niva» bazasida yaratilgan. Uch eshikli yo‘ltanlamas po‘lat trubalar va sintetik polimer plastiklar bilan qoplangan karkas-panel kuzovni o‘z ichiga oladi. Kompozit materiallardan foydalanilgani sabab 3,5 metrli avtomobilning og‘irligi 1170 kilogrammga tushgan. To‘liq uzatmali yo‘ltanlamas «Niva»ning 83 ot kuchiga ega 1,7 litrli atmosfera dvigateli yordamida harakatga keladi. Agregat besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Maksimal tezligi soatiga 132 kilometr.

Foto: «Drom.ru»
Sakkizta «Stalker» nusxasi Rossiya avtomobillarini Germaniya va Avstriyada sotish bilan shug‘ullanadigan Made I Russia Gmbh firmasi tomonidan sotuvga qo‘yilgan. Mahalliy dilerlar yo‘ltanlamasni Jaeger («Ovchi») deb atagan. Mashinalarning barchasi qora rangga bo‘yalgan bo‘lsa-da, turli komplektatsiyaga ega. Ayrim modellarning old bamperi po‘latdan ishlangan va yengil qotishmali diskalar o‘rnatilgan. Bazaviy komplektatsiyaga ega «Stalker»ni Germaniyada 19 990 yevroga xarid qilish mumkin.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskvada Lada 4x4 modeli g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantirildi (foto) 04 avg, 21:21
  • Olimlar banan bargidan avtomobil ishlab chiqarishni taklif qilishmoqda 02 avg, 11:45
  • Rossiyada KGB xodimlari uchun yaratilgan V8 dvigatelli noyob «Volga» sotuvga qo‘yildi 29 iyul, 23:07
  • Rossiya ko‘chalarida yangi dizaynga ega Lada Largus paydo bo‘ldi 31 мая, 10:13
  • GM-AvtoVAZ Chevrolet Niva ishlab chiqarishni to‘xtatdi 03 sen, 09:30
  • O‘zbekistonda LADA o‘zining barcha modellarini sotuvga qo‘ydi 17 noya, 11:10
  • So'nggi yangiliklar
  • Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi 16 yanv, 18:48 176
  • Futbolda so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi terma jamoa murabbiylari aniqlandi 16 yanv, 18:20 160
  • Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi? 16 yanv, 17:43 214
  • Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi 16 yanv, 17:17 223
  • Yangi qonun kuchga kirdi 16 yanv, 16:46 684
  • "Nasaf" darvozaboni "Neftchi"da! 16 yanv, 16:18 443
  • O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi 16 yanv, 15:57 444
  • Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi 16 yanv, 15:27 309
  • Shavkat Mirziyoyev 17 yoshli talaba qizning taklifini qo‘llab-quvvatladi 16 yanv, 14:49 281
  • Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi 16 yanv, 14:11 386
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya 16 yanv, 13:25 191
  • O‘z otasini oq qilgan o‘g‘il. U kim edi? 16 yanv, 12:43 776
  • Bo‘limlar