“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 19:15
ЎЗO‘Z

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudda UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazdi

30 okt, 19:53 2 474 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudda UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazdi Toshkent shahar ma’muriy sudida 30 oktabr kuni UzAutoMotors AJning O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud jarayoni davom etdi. Ushbu ma’muriy ish sudya G‘.Davlatov raisligida ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, bugungi jarayon ochiq sud majlisida davom ettirildi va dastlab Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakili S.Atamuratov sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, unda ishni ko‘rishda jamiyat iste’molchilarini hamda Azimavtomotive MCHJni mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilishni so‘radi.

Mazkur iltimosnoma taraflar o‘rtasida muhokama qilingach, sudning ajrimiga asosan jamiyat iste’molchilari soni va shaxsi aniq emasligi hamda shikoyat talabi ularning huquq va manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmasligi sababli iltimosnomani qanoatlantirish rad etildi.

Shundan so‘ng Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakili S.Atamuratov sudga ikkinchi iltimosnoma bilan murojaat qilib, unda UzAuto Motors AJ vakili N.Otaxonovaning tuhmat va haqoratdan iborat bo‘lgan xatti-harakatlariga qonuniy baho berishni so‘radi.

Mazkur iltimosnoma yuzasidan taraflar fikri so‘ralgach sudning yakuniy hal qiluv qarori e’lon qilinganda tushuntirish berilishi ma’lum qilindi. Shundan so‘ng taraflarning asosiy shikoyat arizasi yuzasidan fikrlari tinglanib, muzokara so‘ziga kirishildi.

Dastlab, muzokara so‘zida arizachi UzAuto Motors AJ vakillari L.Erdonayev va R.Shaymardanov o‘z fikrlarini bildirdi. Shundan so‘ng muzokara so‘zida javobgar MQKQ vakillari B.Ummatov, U.Davletov, Sh.Shadmankulov va S.Atamuratovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ishda ishtirok etuvchi Toshkent shahar prokurori yordamchisi E.Vohidovning ish yuzasidan shikoyat arizasini qanoatlantirish haqidagi muzokara so‘zi tinglandi. Shundan so‘ng sud hal qiluv qarori qabul qilish uchun maslahatxonaga kirdi.

Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020 yil 30-oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi UzAuto Motors AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidan arizachi UzAuto Motors AJ foydasiga shikoyat keltirishda to‘langan davlat boji 2 230 000 so‘m va 20 000 so‘m pochta xarajatlari undirish belgilandi.

Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilganligi holati yuzasidan xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirildi.

Sudda raislik qiluvchi ushbu hal qiluv qarori e’lon qilinganidan so‘ng taraflarga nima sababdan sud ushbu xulosaga kelganligi va sudning hal qiluv qaroriga nisbatan shikoyat keltirish muddati va tartibi to‘g‘risida tushuntirish berdi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi avtomobil narxlari bilan bog‘liq sud jarayoni 2 oktabr kuni boshlangan, 9 oktabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16 oktabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagan.

Oldinroq Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirganini tasdiqlagan, narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. UzAuto Motors esa bunga «avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» deya javob qaytargan edi.

Kompaniya o‘shanda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bayonotlarini populistik, harakatlarini esa mas’uliyatsizlik deb atagan va ushbu ssenariy eng yirik milliy korxonalardan birini bankrotlikka olib kelishi mumkinligini aytgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 58
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 2
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 20
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Bo‘limlar