“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Qur’oni karimni tahqirlashga hech kimning haqqi yo‘q!

30 okt, 15:07 1 882 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Qur’oni karimni tahqirlashga hech kimning haqqi yo‘q! Ijtimoiy tarmoqlarda 29 oktabr kuni o‘zini ateist deb tanishtirib, Qur’on kitobining varaqlarini yirtib, uni oyoqlari bilan bosgan holda unga nisbatan hurmatsizlik qilgan erkakning videosi tarqaldi hamda keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab bo‘lgandi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi ushbu hodisaga munosabat bildirdi.

- "Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu salomlar bo‘lsin.

Aziz mo‘min-musulmon yurtdoshlar! Kuni kecha ijtimoiy tarmoq sahifalarida dinimizning ilohiy manbasi va eng muqaddas kitobi – Qur’oni karimga nisbatan hurmatsizlik aks etgan videolavha tarqaldi hamda keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumki, Alloh taolo Qur’oni karimni insoniyatga hidoyat va ezgulik manbai o‘laroq nozil qilgan. Shu nuqtai nazardan, qolaversa, qonunchilikka ko‘ra, inson kim bo‘lishidan qat’i nazar muayyan din vakilining diniy tuyg‘ulari, qadriyatlari hurmat qilinishi shart, ularning tahqirlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ota-bobolarimiz qadim-qadimdan Qur’oni karimni ko‘ksilaridan pastda tutmaganlar, joynamozlarini ham doimo baland joyga qo‘yganlar. Masjid atrofidan ohistalik bilan o‘tganlar. Azon aytilayotganda behuda so‘z aytmaganlar. Ana shu jihatlardan kelib chiqqanda, tarqalgan videolavhadagi holat yurtimiz mo‘min-musulmonlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karimni oyoq osti qilish holatini qattiq qoralashini hamda bu noinsoniy harakat hech qaysi diniy ta’limotga ham, aqlga ham, umuman olganda, insoniylik tamoyiliga ham to‘g‘ri kelmasligini bildiradi.

Kezi kelganda, mo‘min-musulmon yurtdoshlarimizga bunday manfur xatti-harakatlarga nisbatan tajovuzkorona emas, balki aqlni ishlatib munosabat bildirish lozim ekanini ta’kidlaymiz. Chunki qonun hujjatlariga muvofiq milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar javobgarlikka asos bo‘ladi. Shunday ekan, bu fuqaroning qilmishi ham, albatta, qonuniy asosda ko‘rib chiqiladi.

O‘z navbatida, Qur’oni karimni tahqirlagan mazkur fuqaroning shaxsini aniqlash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan amaliy sa’y-harakatlar olib borilayotgani hamda konstitutsiya va qonun hujjatlariga zid ravishda diniy adovat chiqarishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ta’kidlaymiz", - deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Avval Ichki ishlar vazirligi mazkur videodagi holat bo‘yicha ma’lumot bergan va surishtiruvlar davomida mazkur shaxsning Mingbuloq tumanidan bo‘lgan Sherzod Turdiyev emasligi aniqlangani, o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari natijasida ushbu videotasvirni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan shaxs aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga jalb qilinganini bildirgan.

Vazirlik axborotiga ko‘ra mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 18
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 89
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 296
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 18
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 87
  • Bo‘limlar