“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 12:16
ЎЗO‘Z

Dorixonalarda narx-navo nega hamyonbop emas?

28 okt, 20:12 1 861 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dorixonalarda narx-navo nega hamyonbop emas? Karantin sharoitida xalqimizni eng zarur dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va qonunbuzilishi holatlarining oldini olish muhim masala. Ammo shunday qiyin vaziyatda odamlarning tashvishidan cho‘ntak qappaytirish ilinjida bo‘lgan dorixonalar egalari bo‘lgan «tadbirkor»lar ham yo‘q emas.

Bugun oramizda o‘zi yashaydigan shahar-tuman bo‘yicha dorixonadagi narxlarni solishtirib, undagi keskin tafovutdan asabi buzilayotgan, bunday farq qayerdan yuzaga keladi? – degan savolga javob izlayotgan hamyurtlarimiz soni ortib bormoqda.

Xo‘sh, ma’lum bir hududdagi bitta ko‘chada joylashgan dorixonalarda bitta ishlab chiqaruvchining, bir xil ta’sir kuchiga ega va bir xil qadoqlangan dori narxlari nega bir-biridan keskin farq qiladi? Narxlarning 30-50 ming so‘mgacha va hatto undan katta miqdorda farqlanishini qanday tushunish mumkin? Birida arzonroq, ikkinchisi esa shahar yoki tuman bo‘yicha eng qimmat...

Dori vositalari narxlaridagi farqni ko‘proq ishlab chiqaruvchidan dorixonaga yetkazib berilishigacha bog‘liq xarajatlar bilan asoslash to‘g‘rimi? Albatta, ushbu jarayonda ko‘plab vositachi «tadbirkor»lar daromad topadi. Ularning xarajati o‘zaro farqlanishi mumkin. Baribir, narxdagi farq shunchalik katta bo‘lishi asoslimi?

Farg‘ona shahrida bir-biriga yaqin hududda joylashgan «Xurmo» xususiy korxonasiga qarashli 2-son dorixona, “Vodiy Evro Farm Servis“ MCHJ, “Ray Gras Fergana” MCHJ 2-son filiali, “Best Life”MCHJ singari dorixonalarda “Favizovir”, “Croprinosin”, «Trambapol», «Trombas», «Azimak», «Kurantil» kabi dori vositalari 20-50 ming so‘m, ba’zan undan ham ko‘proq farq bilan sotilyapti.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, shuningdek, Rossiya, Hindiston, Germaniya, Vengriya, Ukraina, Gruziya singari xorij davlatlaridan olib kelingan dori-darmonlar narxida sezilarli farq bor. Dorixonalar sotuvchilarining qayd etishicha, keyingi paytda koronavirus profilaktikasi bilan bog‘liq dori-darmonlarga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘layotgani uchun narxlar oshib ketmoqda. Shu bois dorixonalarda ba’zan oddiy tabletkalar, hatto tana haroratini o‘lchovchi termometrlar taqchilligi kuzatilyapti. Bitta dori vositasini 1 mln. 200 ming – 1 mln. 300 ming so‘m, 650-700 ming so‘mdan sotilayotgani holatlari ham uchrab turibdi.

Dorixonalarda himoya niqobi (maska) rejimi qat’iy bo‘lishi zarur. Ammo aksariyat hollarda sotuvchilar himoya niqobisiz kirib kelgan xaridorlar bilan hech qanday ogohlantirishsiz savdo qilmoqda.

— Viloyatda 1530 ta dorixona va uning filiallari mavjud,-deydi Farg‘ona viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi boshlig‘i Orifjon Fozilov. – Biz faqat dorixonalarga litsenziya berishga mas’ulmiz. Agar dorixona faoliyati yuzasidan iste’molchilar yoki mas’ul idoralardan shikoyat bo‘lsa, keyin litsenziyani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunga qadar bu borada bizga hech qanday shikoyat bo‘lgani yo‘q.

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi mas’ullari tomonidan viloyatdagi 1121 ta dorixonalarga 179 nafar DSI xodimlari biriktirilgan. Dorixonalarda tasdiqlangan ro‘yxat asosida bo‘lishi shart bo‘lgan dori vositalari doimiy ta’minlanishi va 3 oylik zaxirasini yaratish, dori vositalarini belgilangan me’yorlarga mos ustamalar asosida sotish, narxlarni asossiz oshirmaslik hamda savdo jarayonida onlayn nazorat-kassa texnikalari to‘liq qo‘llanishi yuzasidan kafolat xati olingan. Bugungi kunga qadar soliq idoralari tomonidan 17 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan esa 135 ta holatda qonunbuzilishi holatlari fosh etildi.

Rishton tumanidagi “Sayyora” xususiy korxonasiga qarashli dorixonada «Geparin 5ml №5» dorisi 250 ming so‘mdan sotilayotgani aniqlanib, belgilangan ustama asosida sotilmayotgani uchun narxi 126 ming so‘mga tushirildi. Dorixona sotuvchisi U. Rahmonov narxni asossiz oshirmaslik bo‘yicha rasman ogohlantirildi.

Xuddi shu «Geparin 5ml №5» dori vositasini Quvasoy shahrida joylashgan «Fartuna-Yur» xususiy korxonasiga qarashli dorixonada 375 ming so‘mdan sotilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Sotuvchi N. Meliboyeva rasman ogohlantirilib, mazkur dorini belgilangan ustama me’yori bo‘yicha 126 ming so‘mdan sotish zarurligi tushuntirildi.

Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida «Geparin 5ml №5» dorisi Oltiariq tumaniga qarashli «Muhammad Aziz farm» dorixonasida 153 ming so‘m, «Mehrigiyo farm Oltiariq» dorixonasida 165 ming so‘mdan sotilayotgani aniqlandi va tushuntirish ishlari natijasida bu dorini belgilangan ustama me’yori asosida 126 ming so‘mdan sotish yo‘lga qo‘yildi.

Birgina «Geparin 5ml №5» dori vositasi Oltiariq va Rishton tumani, Quvasoy shahrida bir-biridan 150 ming, 225 ming so‘mgacha qimmat narxda, katta farq bilan sotilyapti. Shahar va tumanlarda xuddi shu kabi bir xil turdagi yana o‘nlab dori vositalari sezilarli farq bilan sotilishi holatlari aniqlandi.

Tahlillarga qaraganda, karantin davrida viloyatga bir necha yangi dorilar olib kelindi. Bu ommaviy tus olmagan bo‘lsa-da, shifokorlar tomonidan bemorlarga kerakli-keraksiz dorilarni yozib berish holatlari ko‘pligidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Buning evaziga esa dori-darmonlarni import qiluvchi tadbirkorlar tomonidan shifokorlar ma’lum miqdorda «rag‘batlantiriladi». Bunday hotamtoylikning jabri yana iste’molchiga tushadi: dori-darmonning narxi oshaveradi...

Botir MADIYOROV




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 217
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 55
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 279
  • So'nggi yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 4
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 106
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 93
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 70
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 100
  • Bo‘limlar