“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:55
ЎЗO‘Z

Vadim Abramov "Navbahor" futbolchilariga: O‘ynagisi kelmasa, maydonga tushib nima qiladi?

27 okt, 23:15 2 495 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vadim Abramov "Navbahor" futbolchilariga: O‘ynagisi kelmasa, maydonga tushib nima qiladi? Coca Cola Superligasining 21-turidan o‘rin olgan «Navbahor» - «Bunyodkor» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Nima deyishim mumkin? «Navbahor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Biz ham g‘alabaga harakat qilgandik, lekin keraksiz gollarni o‘tkazib yubordik. Birinchi bo‘limda futbol o‘ynadik. Tanaffusdan so‘ng taxminan 15 daqiqa futbol bo‘ldi. Qolgan daqiqalarni asosan yotib olishlarga sarfladik. Lekin ikkinchi bo‘limga atigi to‘rt daqiqa qo‘shib berildi.

O‘ynagisi kelmasa maydonga tushib nima qiladi? To‘g‘ri yutqazdik, muammo yo‘q. Biroq futbol o‘ynash kerak. Muxlislar ham futbol ko‘rgani keladi, yotib olishlarni tomosha qilish uchun emas! Masalan, bugungidek futbol sizlarga yoqadimi? Har to‘qnashuvdan keyin o‘yin to‘xtaydi, yordam ko‘rsatiladi? Tabriklayman, g‘alaba qozondinglar, e’tiroz yo‘q, bu o‘zimizni oqlash ham emas, lekin bunaqa o‘yin futbolimizning foydasiga xizmat qiladimi?

Bugun nega yutqazdik? Shunchaki imkoniyatlardan foydalana olmaslik. Yaratilgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirish bo‘yicha tajriba kamligi pand berdi. Vaholanki, imkoniyatlardan foydalanganimizda birinchi bo‘limdayoq hammasini hal qilardik. Ammo unday bo‘lmadi. Aksincha, ikkinchi golni o‘tkazib yubordik, keyin hammasi boshlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 217
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 387
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 203
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 278
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 211
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar