“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:01
ЎЗO‘Z

Hamidjon Aktamov: Meni Babayanga emas, balki uni menga qiyoslanglar!

27 okt, 21:48 1 658 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hamidjon Aktamov: Meni Babayanga emas, balki uni menga qiyoslanglar! “Andijon” – “Qizilqum” bellashuvidan keyingi matbuot anjumanida qatnashgan mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:

- Bugun qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoaga ham g‘alaba zarur edi. Shu sababli olti ochkolik o‘yin bo‘ldi. Ko‘proq bizning jamoa hujum qildi va tashabbusga ega bo‘ldi. “Andijon” esa himoyada tartibli o‘ynadi. Ular oxirigacha gol o‘tkazmaslikka harakat qildi. Oxirgi nuqtani qo‘ya olmayapmiz. Gol urishga qiynalyapmiz. “Andijon” ham qiyin vaziyatda bo‘lgani uchun ularga ham uch ochko suv va havodek muhim edi. Futbol shunisi bilan qiziq.

- “Qizilqum” 19 ochko bilan “Buxoro”, “Andijon” va “Surxon”dan ancha uzoqlashdi. Bu esa jamoani bo‘shashtirib qo‘ymayaptimi?
- Xotirjamlikka berilganimiz yo‘q. Qolgan uchrashuvlarda ham maksimal natijaga erishishga harakat qilamiz. Gol urishga shoshilyapmiz, ammo gol ura olmayapmiz. Bitta kamchiligimiz shu.

- “Qizilqum” bir ochkoni qo‘lga kiritdimi yoki ikki ochkoni yo‘qotdimi?
- Menimcha, ikki ochkoni yo‘qotdik.

- Oxirgi to‘rtta turning markazlashgan holda o‘tishi mumkinligi bu sizga qo‘l keladimi yoki...
- Har doim rahbariyat nimani lozim topsa, shuni qo‘llab-quvvatlaymiz. Qayerda bo‘lsa ham biz O‘zbekistonda o‘ynaymiz. Kim qanday taklif kiritsa, biz ham shuning tarafdorimiz.

- Birinchi bo‘limdan keyin Sherali Jo‘rayevning almashtirilishi nima bilan bog‘liq?
- Uning maydondan chiqib ketgani o‘yinimizga ancha ta’sirini ko‘rsatdi. Jarohat olgandi, shu bois almashtirishga majbur bo‘ldik.

- Sizni ko‘pincha futbol menejeri sifatida nom qozongan Samvel Babayanga qiyoslashadi...
- Meni Babayanga emas, balki uni menga qiyoslanglar. Men doim o‘z ishimni qilyapman, professionalmiz. Birovga taqlid qilib ishlamayman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 421
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 204
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 89
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 391
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar