“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:18
ЎЗO‘Z

Ilhom Aliyev Ozarbayjonning asosiy qurol yetkazib beruvchisi kimligini aytdi

25 okt, 21:47 4 276 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilhom Aliyev Ozarbayjonning asosiy qurol yetkazib beruvchisi kimligini aytdi Foto: «President.az»
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida Rossiya mamlakat uchun asosiy qurol yetkazib beruvchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Biz qurollarni ko‘plab mamlakatlardan sotib olamiz. Eng ko‘p harbiy texnikani Turkiya ham, Isroil ham emas, Rossiya bizga yetkazib beradi. Ammo Armanistondan farqli o‘laroq, biz Rossiyadan sotib olingan qurol-yarog‘ uchun pul to‘laymiz. Armaniston qurolni Rossiyadan bepul oladi. Biz qurollarni, shuningdek, Eron, Ukraina va Belarusdan ham olamiz. Albatta, bugungi kunda bizda armiyamizga hududiy yaxlitligimizni qayta tiklashda yordam beruvchi zamonaviy qurol-yarog‘ sotib olish imkoniyati bor», — dedi Aliyev.

Davlat rahbari, shuningdek, Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligini o‘zi mustaqil tiklayotganini ta’kidladi.

«Tabiiyki, bizning mintaqada har qanday mamlakat qurol sotib oladi. Dunyodagi barcha mamlakatlar ham o‘zini qurol-yarog‘ bilan 10 foiz ta’minlay olmaydi. Shunday ekan, bu yerda g‘alati narsaning o‘zi yo‘q. Albatta, biz qurol uchun pul to‘laymiz, yaxshi qurol sotib olamiz va u bizga joylarda yordam bermoqda. Biroq hududlar istilodan dronlar yordamida ozod etilayotgani yo‘q. Hududlar u yerda o‘z burchlarini o‘tayotgan askarlar, odamlar tomonidan ozod qilinmoqda.

Oktabr o‘rtalarida Aliyev armanistonlik biznesmenlar mamlakatga qurol va yollanma jangchilarni kontrabanda yo‘li bilan Rossiyadan olib kirayotganini aytgan edi. Ozarbayjon prezidenti so‘zlariga ko‘ra, armanistonlik biznesmenlar, shu jumladan, Samvel Karapetyan va Ara Abramyan shu maqsadlar uchun 30-40 million dollar turadigan Il-76 samolyotini sotib olgan.

Ammo «RBK»ga bergan intervyusida Rossiya armanlar ittifoqi prezidenti Ara Abramyan Armanistonga qurol yetkazib berish ayblovlarini rad etib, biznesmenlar faqat gumanitar yordam bilan shug‘ullanayotganini aytgandi.

Avvalroq Bokudagi AQSH elchixonasi Ozarbayjon poytaxtida terrorchilik hujumlari uyushtirilishi hamda AQSH fuqarolari va chet elliklar o‘g‘irlab ketilishi mumkinligi haqida ishonchli ma’lumotni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar tinchlikka erishish uchun qilingan ikkita urinishga qaramasdan, 27 sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston 10 oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi. Ammo shu kuni keyinroq Armaniston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bir-birini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.

19 oktabrda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan. Keyinroq Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da Rossiya uchun bevosita xavf soluvchi Suriya terrorchilik guruhlari jangarilari bo‘lganligi uchun Moskva u yerda aksilterrorchilik operatsiyalarini o‘tkazish uchun asosga ega ekanligini aytgan.

Turkiya esa Boku iltimos qilsa, «ikkilanmasdan» Ozarbayjonga askarlarini jo‘natishi va harbiy ko‘mak berishini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 0
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 231
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar