“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 09:53
ЎЗO‘Z

La Liga. «Real» Kataloniyada «Barselona»ni taslim etdi

24 okt, 21:14 2 479 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
La Liga. «Real» Kataloniyada «Barselona»ni taslim etdi Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha La Liga 7-turida «Barselona» va «Real» jamoalari 24 oktabr, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvni har ikki jamoa vakillari faol boshladi. Madridliklar 5-daqiqadayoq ilk xavfli hujumni golga aylantirdi: Federiko Valverde Karim Benzemaning uzatmasidan keyin katalonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Bunga maydon egalari Ansu Fatining goli bilan tezda javob qaytardi. Tanaffusga qadar har ikki jamoada bir qator golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, biroq birinchi bo‘limda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim «Barselona»ning faolligi ostida boshlandi. Biroq gol urish mehmonlarga nasib etdi. 63-daqiqada Serxio Ramos videotakrorlardan keyin belgilangan penaltini muvaffaqiyatli ijro etdi.

Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmida ustunlik madridliklar tomoniga o‘tdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Luka Modrich darvozabon va himoyachilarni ortda qoldirgan holda chiroyli gol bilan yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Zinedin Zidan shogirdlarining ochkolari 13 taga yetdi va jamoa musobaqa peshqadamligini qo‘lga oldi.

«Barselona» — «Real Madrid» 1:3
Gollar:
0:1 – 5 Valverde, 1:1 – 8 Fati, 1:2 – 63, penalti Ramos, 1:3 – 90 Modrich.

«Barselona»: Neto, Pike, Langle, Dest, Alba (Breytueyt, 87), Buskets (Dembele, 82), de Yong, Fati (Grizmann, 81), Koutino, Pedri (Trinkau, 81), Messi.
«Real Madrid»: Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Nacho (Vaskes, 43), Valverde (Modrich, 69), Kazemiro, Vinisius Junior, Kroos, Asensio (Rodrigo, 81), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (19), Langle (29), Nacho (37), Alba (62), Messi (90).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 0
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 144
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 73
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 83
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 122
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 265
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 0
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 0
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 1
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 3
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 26
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 12
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 57
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 228
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 432
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 358
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 194
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 144
  • Bo‘limlar