“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 00:02
ЎЗO‘Z

Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi haqida

24 okt, 23:15 918 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi haqida 2020 yil 24 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Adliya vazirligining 2020 yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hay’at majlisi videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Qayd etildiki, so‘nggi paytlarda adliya tizimining aholi bilan muloqoti tubdan o‘zgardi, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan yaqindan muloqot qilishning yangi, zamonaviy va ta’sirchan shakllari amaliyotga joriy etildi, innovatsion yangi loyihalar asosida zamonaviy targ‘ibotning o‘ziga xos ko‘rinishlari yaratildi.

Ta’kidlash joyizki joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan adliya organlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, soha faoliyatini takomillashtirishga doir bir qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Adliya organlari faoliyati tubdan isloh qilinib, vazirlik zimmasiga qator vazifalar yuklatildi hamda vazirlik markaziy apparatida yangi tarkibiy bo‘linmalar tashkil etildi.

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish, Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash hamda Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmalari shular jumlasidandir.

Shu bilan birga vazirlikka bir qator yangi vakolatlar yuklatildi. Misol tariqasida:
•amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning samaradorligi va natijadorligini monitoring qilish, ushbu sohada vazirlik va idoralar vakolati va funksiyalarining to‘liq va sifatli amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan maqsadlarga erishilayotganligini funksional tahlil qilish;
•qonun hujjatlari va ularning loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish vakolatlarini keltirish mumkin.

O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi.
Xalqaro “SERT International” tashkiloti tomonidan Adliya vazirligiga ISO 37001:2016 xalqaro standarti berildi.

Adliya vazirligi tomonidan davlat va jamiyat hayotining muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan 142 ta qonun hujjatlari, shu jumladan 31 ta qonun loyihalari ishlab chiqildi hamda 1 571 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Adliya tizimini aholi bilan muloqoti tubdan o‘zgardi, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan yaqindan muloqot qilishning yangi, zamonaviy va ta’sirchan shakllari amaliyotga joriy etildi. Kelib tushgan jami 67 ming 142 ta murojaatlarning 85 foizi qonuniy hal etildi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida 206 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Davlat xizmatlari markazlari sohasida islohotlar ham samarali davom ettirildi. Ular tomonidan 5 mln. 773 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi.

Hay’at majlisida asosiy e’tibor mavjud xato va kamchiliklar hamda ularning ildizlarini puxta tanqidiy tahlil qilishga, faoliyatdagi muammolarni ochiq-oshkora muhokama qilishga qaratildi.

Xususan, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil qilishda ayrim tizimli muammolar mavjudligi, davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanayotganligi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga jiddiy yondashmayotganligi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, xalq ichiga kirib borish faoliyati talab darajasidan ancha yiroqligi, ayrim hududdagi aholi adliya bo‘limlari faoliyati tashkil etilganligidan bexabar ekanligi, sohani takomillashtirish va aholiga qulayliklar yaratishdagi muammolarni hal etishda rahbarlarda shaxsiy tashabbus va talabchanlikning yetarli bo‘lmayotganligi, mavjud amaliyotni yaxshilash yuzasidan aniq maqsadga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish va ularni ommalashtirish bo‘yicha ishlar qoniqarsiz olib borilayotganligi alohida qayd etildi.

Majlis kun tartibidagi masala bo‘yicha, vazir o‘rinbosarlari, markaziy tarmoq rahbarlari, joylardagi adliya organlari va muassasalari rahbarlarining hisobotlari hamda adliya organlari faxriylarining taklif va tavsiyalari eshitildi.

Shu maqsadda, adliya organlari rahbarlari tomonidan ushbu sohada tizimli nazoratni ta’minlash va yanada kuchaytirish, xodimlarning mas’uliyatini va ularning kasb-odob qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy javobgarligini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi idoralar faoliyatini tizimli ravishda nazoratda ushlab turish, jamoatchilik guruhlari yordamida “sirli mijoz” tadbirlarini keng amalga oshirish, jamoat nazoratini kuchaytirish hamda tegishli masalalarni soha mutaxassislari bilan maslahat qilish orqali hal qilish belgilab olindi.

Hay’at majlisida adliya idoralarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari shaffoflashuviga yo‘naltirilgan islohotlar “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da yanada keng qamrov kasb etishi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi versiyasi taqdimoti o‘tkazildi 13 okt, 08:45
  • Adliya vazirligi va TIKA davlat va yuridik xizmatlarni raqamlashtirish sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda 01 sen, 17:17
  • Adliya organlarida attestatsiya: 10 nafar xodim lavozimiga noloyiq deb topildi 04 мая, 07:13
  • Adliya vazirligi oʻz tizimidagi korrupsiyaga qarshi aholi yordamida kurashmoqchi 22 mar, 11:43
  • Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar 18 okt, 10:20
  • Oʻzbekistonda 15 ta tuman adliya boʻlimi boshliqlari ishdan olindi 10 sen, 11:28
  • So'nggi yangiliklar
  • OCHL-2021. "Paxtakor" uchinchi savatchadan joy oldi, AGMK pley-offda yutsa to‘rtinchi savatchada bo‘ladi 22 yanv, 23:42 18
  • Shomurodov “Yuventus”ga transfer qilinadimi? “Jenoa” prezidenti javob berdi 22 yanv, 23:15 77
  • Yunusobodda yo‘lning muzlagani sabab 6 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashib ketdi 22 yanv, 22:45 89
  • O‘zbekistonga kuniga 1000 bosh qoramol yashirin yo‘l bilan kiritiladi 22 yanv, 22:36 307
  • Bayden Oq uydagi stolidan Tramp foydalangan qizil tugmani oldirib tashladi 22 yanv, 22:05 164
  • Yuqori qon bosimining xavfli alomatlari 22 yanv, 21:27 326
  • Shavkat Mirziyoyev Buxoroning «Nizomiy» mahallasida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi 22 yanv, 20:53 118
  • Jahongir Otajonov Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, O‘zbekistondagi eng qoloq tuman hokimligi lavozimini so‘radi 22 yanv, 20:17 1 189
  • 500 dan ziyod korxona rahbarlari va buxgalterlariga o‘zgarishlar tushuntirildi 22 yanv, 19:53 193
  • Xodimlarning salkam 260 mln. so‘mlik ish haqlari undirib berildi 22 yanv, 19:30 205
  • Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 22 yanv, 19:00 310
  • «Amerika ovozi»da «tozalash» ishlari boshlandi 22 yanv, 18:30 897
  • Bo‘limlar