“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:11
ЎЗO‘Z

1 noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

24 okt, 22:12 5 000 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? 2020 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz.

Xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtinchalik taqiqlash va chegaralash mexanizmi kiritiladi
«Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan:

Soliq kodeksi bilan berilgan ayrim imtiyozlar bekor qilinadi
«Yer resurslari va davlat mulki ob’ektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

a) yer solig‘i bo‘yicha quyidagilar tomonidan egallangan yer uchastkalari:
- sog‘lomlashtirish hamda dam olish joylari, xususan, dam olish uylari;
- aholining ommaviy dam olishi va turizm uchun joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan bo‘lsa;
- sanatoriy-kurort ob’ektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan bo‘lsa;

b) mol-mulk solig‘i bo‘yicha sanatoriy-kurort xizmatlari ko‘rsatish uchun foydalaniladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan bo‘lsa.

Shuningdek, foydalanilmayotgan maydonlarga nisbatan yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bo‘yicha belgilangan tartib yuqorida ko‘rsatilgan yer uchastkalariga tatbiq etila boshlaydi.

Badiiy akademiya markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga oylik ustamalar belgilanadi
«Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilanadi.

DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi
Vazirlar Mahkamasining «Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi hamda bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi
«Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati va sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari xodimlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi:

1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan yuqori — 1,5 (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda ko‘rsatilgan).

Bunda ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji SSV tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi.

Bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti xavf darajasidan kelib chiqib, 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi
«Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga ko‘ra 1 noyabrdan:

Xorijiy davlat fuqarolarining karantin sabab uzaytirilgan viza muddatlari tugaydi
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarining viza muddati Koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 iyulidagi qaroriga asosan avtomatik ravishda shu yilning 1 noyabr kuniga qadar uzaytirilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 232
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Bo‘limlar