“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 07:22
ЎЗO‘Z

Markaziy bank kelgusi yillar uchun pul-kredit siyosatini ma’lum qildi

23 okt, 07:00 2 720 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank kelgusi yillar uchun pul-kredit siyosatini ma’lum qildi Markaziy bank pul-kredit siyosatining 2021 yil va 2022-2023 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi.
22 oktabr kuni Markaziy bank boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bankning keyingi yillarga mo‘ljallangan pul-kredit siyosati ma’lum qilindi.

Rais Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, MB inflyatsion targetlash siyosatidan voz kechmay, 2023 yilda 5 foizlik target ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha vazifasidan og‘ishmay ish tutadi.

«2020 yil mamlakatimiz va jahon iqtisodiyoti uchun juda murakkab yil bo‘ldi. Global pandemiya ta’sirida boshlangan inqiroz ham ichki, ham tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi hamda talab va taklif tebranishlarining bir paytda sodir bo‘lganligi bilan o‘ziga xos davr hisoblanadi.

Bunda, jahon iqtisodiyotida va mamlakatimizning tashqi savdo hamkorlarida iqtisodiy faollikning keskin susayishi, xomashyo narxlarining tushib ketishi va moliya bozorlardagi beqarorlik fonida iqtisodiy pasayish tendensiyalari kuzatilmoqda
», — dedi u.

Nurmurodovning bildirishicha, mazkur noaniqliklar darajasi va ta’sir kanallari xususiyatlarini inobatga olib, makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari 3 xil – asosiy, tezkor iqtisodiy tiklanishga (optimistik) va tashqi iqtisodiy xatarlar kuchayishiga (xatarli) asoslangan muqobil ssenariylar asosida ishlab chiqildi.

«Shu nuqtai nazardan, makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylarni ishlab chiqishda, birinchi navbatda, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotimizga hamda tashqi savdo hamkorlar iqtisodiyoti va asosiy eksport tovarlarimiz narxlariga ta’sirlari, shuningdek, potensial ishlab chiqarish darajasining o‘zgarishlarini inobatga olishga harakat qilindi.

Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi bo‘yicha kutilmalar, aholi va biznes vakillari o‘z faoliyatlarini pandemiya va undan keyingi sharoitlarga moslashgan holda davom ettirishlari asosiy shartlardan qilib olingan. Hamda tashqi savdo hamkorlar iqtisodiyotining bir maromda tiklanishi hisobiga tashqi talab 2022 yil ikkinchi yarim yilligidan inqirozdan oldingi darajasiga yetadi.

Mazkur ssenariy doirasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda iqtisodiy faollik va yalpi talab 2021 yil oxirida inqirozdan oldingi ko‘rsatkichlarga yaqinlashadi, 2023 yilda iqtisodiyot o‘zining potensiali darajasigacha tiklanadi. Budjet daromadlari tiklanib borib, 2022 yilda yig‘ma budjet defitsiti 2,5 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Bunda, tarkibiy islohotlar davom ettirilib, tartibga solinadigan narxlar erkinlashtirilishi jarayoni 2022-2023 yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Asosiy ssenariyga muvofiq, pul-kredit siyosatining joriy «nisbatan qat’iy» sharoitlari 2021 yil oxiriga qadar saqlanib qolinadi. Ayni paytda, 2022-2023 yillarda tartibga solinadigan narxlar o‘zgarishi, inflyatsiya darajasi va prognozlar trayektoriyasidan kelib chiqib pul-kredit siyosati sharoitlariga tuzatishlar kiritiladi
», — degan u.

Ta’kidlash joizki, uchala ssenariy doirasida rivojlanish tendensiyalari va kutilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, 2021-2023 yillar davrida amalga oshiriladigan pul-kredit sharoitlari belgilanadi va ssenariylarga munosib keladigan pul-kredit instrumentlar to‘plamidan foydalaniladi. Bunda, har bir ssenariyning xususiyatlari, inflyatsion xarakteri va omillarining shakllanishi nuqtai nazaridan baholanadi va shunga mos javob choralar tizimi ishlab chiqiladi.

O‘rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yuqori sur’atli iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishish ko‘p jihatdan kelgusi yillarda amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlar hamda ichki va tashqi xususiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etilishiga bog‘liq. Bu o‘z navbatida, davlat korxonalarini isloh qilish, iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay institutsional sharoitlar ta’minlash va yalpi unumdorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi va amaliy ahamiyatining oshirilishi bilan chambarchas bog‘liq.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 51
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 59
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 113
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 0
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 0
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 10
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 109
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 230
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 75
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 82
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 71
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 113
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 203
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 151
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 91
  • Bo‘limlar