“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 07:30
ЎЗO‘Z

DXX Markaziy devonida «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi

22 okt, 13:40 1 759 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX Markaziy devonida «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda ona tilimiz, ayniqsa, so‘nggi uch yilda mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.

Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida - davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Markaziy devonida tashkil etilgan «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostidagi ma’naviy-madaniy tadbirda ayni jihatlarga urg‘u berildi.

Unda taniqli shoir, yozuvchi, aktyorlar hamda DXX Chegara qo‘shinlarining «Sarhad» guruhi qatnashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan til – millatning ruhi ekanligiga e’tibor qaratilib, ona tili har bir davlatning madhiyasi, bayrog‘i va gerbi kabi mamlakat mustaqilligini belgilovchi mezonlardan biri ekani qayd etildi. Ishtirokchilar tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar va g‘azallar o‘qildi.

Bayram davomida DXX ansambli xonandalari tomonidan kuylangan o‘zbek tilini ulug‘lovchi taronalar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 65
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 173
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 43
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 250
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 108
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 0
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 2
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 95
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 264
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 132
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 108
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 62
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 61
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 235
  • Bo‘limlar