“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 09:20
ЎЗO‘Z

Amerikalik milliarderlarning aksariyati Trampga qarshi ovoz berishi ma’lum bo‘ldi

21 okt, 23:23 2 362 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik milliarderlarning aksariyati Trampga qarshi ovoz berishi ma’lum bo‘ldi Foto: AFP
O‘tgan oyda Forbes amerikalik milliarderlar orasida saylovoldi so‘rovi o‘tkazdi. Unda turli siyosiy qanotlarga mansub 42 nafar milliarder ishtirok etdi.

So‘rov yakunlari xulosasiga ko‘ra, AQSHdagi eng badavlat kishilarning aksariyati respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan, bo‘lajak prezident saylovida ularning ko‘pchiligi demokratlar partiyasi nomzodi Jo Baydenga ovoz berishlari mumkin.

Gellap instituti yaqinda o‘tkazgan so‘rov amerikaliklarning 28 foizi o‘zlarini respublikachi, 27 foizi esa demokrat deb hisoblashini ko‘rsatdi. AQSHning yana 42 foiz aholisi mustaqil saylovchilar deb ataladi.

Forbes so‘rovida qatnashgan milliarderlarning esa 43 foizi o‘zlarini respublikachilar, 24 foizi esa demokratlarga mansub deb hisoblaydi. Yana 33 foiz milliarder esa partiyasiz ekanligini aytgan.

So‘rovda qatnashgan amerikalik milliarderlarning qariyb yarmi (48 foiz) Jo Baydenga, 40 foizi amaldagi prezident Donald Trampga ovoz berishini ma’lum qilgan.

Qayd etish joiz, AQSH aholisining katta qismi ham Jo Baydenga ovoz berishni mo‘ljallamoqda. RealClearPolitics saylovoldi so‘rovlari agregatorining ma’lumot berishicha, uni amerikaliklarning 51 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Saylovchilarning 42 foizi Donald Tramp uchun ovoz berishga tayyor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 0
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 1
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 85
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 154
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 193
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 0
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 1
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 0
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 154
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 42
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 193
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 212
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • Bo‘limlar