“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 09:14
ЎЗO‘Z

Shipilov: “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so‘rang, men umuman vaqtni cho‘zish borasida ko‘rsatma bermayman va bermaganman ham"

20 okt, 15:50 1 831 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shipilov: “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so‘rang, men umuman vaqtni cho‘zish borasida ko‘rsatma bermayman va bermaganman ham" Coca Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Menimcha, bugungi uchrashuvda har ikki jamoa a’zolari ham o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin namoyish eta olishmadi. Bu albatta mening shaxsiy fikrim. Uchrashuv ikki jamoaga ham qiyin kechganligiga guvoh bo‘ldingiz. O‘yin davomida futbolchilar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yishdi, to‘pni o‘z jamoadoshlariga aniq yetkazib bera olishmadi, bir so‘z bilan aytganda, “braklar” ko‘p bo‘ldi. Balki buning o‘ziga yarasha sabablari bordir.

O‘z jamoamiz borasida shuni ta’kidlamoqchimanki, o‘yin juda og‘ir kechdi. Nafaqat, “Navbahor”ga qarshi kechgan bahs, balki barcha uchrashuvlarda oson bo‘lmayapti. Tanaffusdan keyin 9 kun ichida 3 ta o‘yin o‘tkazamiz. Keyingi uchrashuv o‘z maydonimizda bo‘lib o‘tadi. Joriy mavsum yakunlanishiga 7 ta tur qoldi. Qaysi jamoa qolgan uchrashuvlarni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazsa, omad kulib boqsa, mavsum yakunida turnir jadvalining yuqori qismidan o‘rin olishi mumkin.

“Navbahor” o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yadigan jiddiy klub. Bizning jamoamiz ham joriy mavsumda dastlabki beshtalikdan o‘rin olishga harakat qiladi. Bugungi uchrashuv hisobi haqqoniy bo‘ldi, deb hisoblayman.

Namanganga “Metallurg” ustozi sifatida uchinchi marta tashrif buyuryapman va doimo menga shogirdlaringiz nega vaqtni cho‘zishga harakat qilishadi, deb savol berishadi.

Statistikaga nazar tashlasangiz, Namanganda bo‘lib o‘tgan oldingi 2 ta o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgan hamda bugungi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Men hech qachon yigitlarga bunday ko‘rsatma bermayman. O‘zim ham bir paytlari futbol o‘ynaganman hamda futbolchilik davrimda ham ataylab vaqtni cho‘zishga harakat qilmaganman. Bu menga yarashmaydi va mening tabiatim buni ko‘tarmaydi. “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so‘rang, men umuman vaqtni cho‘zish borasida ko‘rsatma bermayman va bermaganman ham.

Faqat buning o‘ziga yarasha ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablari bor. Futbolchilar ayni paytda o‘yinga to‘liq tayyor emaslar.

“Navbahor” ham Namangandagi ajoyib maydonda 22 daqiqa mobaynida juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ammo undan keyin shunday ruhda o‘yinni davom ettira olmadi. Demak, mezbonlarda ham bu borada qandaydir kamchiliklar bor, to‘g‘rimi? Superligada yuzaga kelgan tanaffus futbolchilarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

“Metallurg” milliy chempionatimiz doirasida Namanganda o‘tkazilgan 24 ta o‘yindan bor-yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozongan ekan, demak, bu “Navbahor”ning kuchliligidan dalolat. Jamoa O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etgan. “Navbahor”da bir paytlari yulduz futbolchilar o‘ynashgan.

Bugungi o‘yinda “Navbahor”dan Ivan Solovyov, jamoamizdan esa Kamoliddin Tojiyev yaxshi o‘yin namoyish etishdi, - deydi Andrey Sergeyevich.

Manba: "Metallurg" matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 0
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 4
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Bo‘limlar