“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:27
ЎЗO‘Z

60 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

20 okt, 15:20 2 020 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
60 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida yurtimizga turli qing‘ir yo‘llar bilan olib kelinayotgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda tezkor qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro I.M. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashinaning saloni va yukxonasida, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati
30 million so‘mlik 10 364 dona yondirgich tovarlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, fuqaro A.B. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu yuk avtomashinaning yukxonasida, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 30 million so‘mlik 5544 dona qurilishda foydalaniladigan qo‘lqoplar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar