“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 10:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi

20 okt, 14:14 2 180 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqida petitsiya joylashtirildi.

«O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish kerak. Aksariyat xorijiy davlatlarda avtomobil boshqarishga o‘n olti yoshdan ruxsat berilgan. Bu orqali maktabning katta sinf o‘quvchilarini ish bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Agar o‘quvchilarning bandligini ta’minlasak, ular orasidagi jinoyatchilikni kamaytirishga ham erishamiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berishni taklif qilamiz
», — deyiladi petitsiyada.

Yakunlanishiga 85 kun qolgan mazkur petitsiyani yoqlab hozirda 230 kishi ovoz bergan, 276 kishi esa qarshi chiqqan.
Petitsiya ostiga qoldirilgan izohlardan ko‘rish mumkinki, ko‘pchilik avtomobil boshqarish huquqini 16 yoshdan emas, balki yanada ko‘tarishni taklif qilgan.

«Yaxshisi 21-22 yoshga ko‘tarish kerak deb hisoblayman. 18 yosh bu juda erta», — deya izoh qoldiradi foydalanuvchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshlarida «Mening fikrim» portaliga sug‘urta polisi yo‘qligi tufayli avtotransport vositasini jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqidagi petitsiya joylashtirilgan va u parlamentda ko‘rib chiqish uchun yetarli bo‘lgan 10 000 dan ortiq ovoz to‘plagandi. Sentabr oxirlarida esa avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirish amaliyoti bekor qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 8
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 212
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 314
  • Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi 17 apr, 17:55 249
  • Instagram orqali fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi 17 apr, 15:38 61
  • Hazoraspda 31 ta jarimasi bor “Cobalt” xatlanib, MIB binosiga joylashtirilgach, qarzdor barcha jarimalarni to‘ladi 17 apr, 14:28 64
  • So'nggi yangiliklar
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 8
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 54
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 110
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 8
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 25
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 33
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 424
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 141
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 123
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 212
  • Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda" 17 apr, 23:36 87
  • Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 17 apr, 23:10 132
  • Bo‘limlar