“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:03
ЎЗO‘Z

Sadir Japarov hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha oqlandi

20 okt, 13:20 2 759 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sadir Japarov hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha oqlandi Foto: RIA Novosti
Qirg‘iziston oliy sudi prezident vazifasini bajarayotgan bosh vazir Sadir Japarovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini qayta ko‘rib chiqib, Japarovni oqladi.

Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2012 yilda hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha sudlangan Japarov jinoyat tarkibi bo‘lmagani sababli oqlangan.

Sud, shuningdek, ushbu ish bo‘yicha deputat Talant Mamitovni va Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevni ham oqlagan.

Oliy sudning 2013 yil 6 avgustdagi qarori bekor qilindi. Sud hay’ati Bishkek shahar sudining 2013 yil 17 iyundagi oqlov hukmini kuchda qoldirdi”, deb ta’kidlab o‘tilgan sudda.

Sadir Japarov 2012 yilda “Ata-Jurt” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi bo‘lgan vaqtda parlamentning o‘shandagi vitse-spikeri Talant Mamitov va deputat Qamchibek Tashiyev bilan birga muxolifat namoyishi vaqtida parlament binosi panjarasini shturm qilishga urinish uchun hibsga olingan.

Prokuratura ularni “hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish”da ayblagan va ularga nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni talab qilgan. Biroq Bishkek shahar sudi deputatlarni to‘liq oqlagan. Keyinroq oliy sud muxolifatchilarga 1 yildan 1,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan va jazo muddati amalda o‘tab bo‘lingani sababli ularni sud zalidan ozod etgan. Sud qarori Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga ayblanuvchilarni deputatlik mandatlaridan mahrum qilish imkonini bergan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar