“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 04:11
ЎЗO‘Z

Adliya vazirligi aralashuvi bilan tadbirkorga 247 milliard so‘mlik qo‘shimcha soliq oldi olindi

19 okt, 22:24 2 258 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adliya vazirligi aralashuvi bilan tadbirkorga 247 milliard so‘mlik qo‘shimcha soliq oldi olindi Yurtimizda so‘ngi yillarda soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini o‘rganib chiqish davomida ayrim tadbirkorlarga nisbatan asossiz soliq hisoblash holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, “Talimarjon Issiqlik Elektr Stansiyasi” AJning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etilmaydigan ko‘char mulklar toifasiga kiruvchi mol-mulklariga nisbatan asossiz qo‘shimcha mol-mulk solig‘i hisoblash haqidagi qaror qabul qilingan.

Natijada, jamiyatga 2017-2019 yillar uchun jami 247,5 mlrd. so‘m miqdorida asossiz mol-mulk solig‘i hisoblangan. Mazkur holat yuzasidan vazirlik tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga taqdimnoma kiritildi.

Davlat soliq qo‘mitasi ham qonunchilikni bir xilda qo‘llash va yagona amaliyot bo‘lishidan manfaatdor ekanligini bayon etib, qo‘shimcha mol-mulk solig‘i hisoblash to‘g‘risidagi ushbu asossiz qarorni darhol bekor qildi hamda aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishini ta’minladi.

Ta’kidlash joizki, adliya organlari Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda kelgusida soliq ma’muriyatchiligi sohasida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davom etadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 88
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 66
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 206
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 64
  • O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni jadallashtiradi 11 apr, 21:47 69
  • Yaqin kunlarda valyutalar kursi qanday o‘zgaradi? 09 apr, 18:39 187
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi 17 apr, 00:39 51
  • Ispanlar Fayzullayevga e’tibor qaratdi... 17 apr, 00:30 114
  • Mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi 17 apr, 00:23 101
  • SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 17 apr, 00:04 64
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 25
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 36
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 87
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 103
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 72
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 49
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 135
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 259
  • Bo‘limlar