“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 19:01
ЎЗO‘Z

Tramp «Rossiya bilan aloqalari» bo‘yicha tergov hujjatlarini oshkor qilishga ruxsat berdi

07 okt, 14:43 2 631 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp «Rossiya bilan aloqalari» bo‘yicha tergov hujjatlarini oshkor qilishga ruxsat berdi AQSH prezidenti Donald Tramp uning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari hamda AQSHning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning elektron pochtasi bilan bog‘liq mojaro bo‘yicha olib borilgan tergov hujjatlarini ochiqlashga ruxsat berdi. Bu haqda Trampning o‘zi tvitterda ma’lum qildi.

Men AQSH tarixidagi eng yirik siyosiy jinoyat – Rossiya bilan bog‘liq tovlamachilikka tegishli barcha hujjatlarni ochiqlashga ruxsat berdim”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

Bir kun avval AQSH milliy razvedkasi rahbari Jon Retkliff 2016 yilgi prezident saylovlarida qatnashgan Xillari Klintonning o‘z elektron pochtasi atrofidagi mojarodan e’tiborni chalg‘itish uchun Trampni go‘yoki Rossiya bilan til biriktirganlikda ayblashga urinishlariga taalluqli hujjatlarni oshkor qildi.

2016 yilgi saylovlarda Tramp g‘alaba qozongandan keyin demokratlar va Xillari Klinton Trampni Rossiya bilan aloqalarda, Moskvani esa saylovlarga aralashishda ayblashgan.

2019 yil aprelida AQSH adliya vazirligi maxsus prokuror Robert Myullerning Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bo‘yicha 2 yil davomida olib borgan tergovi natijalari bo‘yicha hisobotini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Myuller tergov davomida Rossiya 2016 yilgi saylovlarga aralashgani, biroq Tramp shtabining bunga aloqasi yo‘qligini o‘rnatgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 0
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 1
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 3
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 29
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 21
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 0
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 1
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 3
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 29
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 21
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 51
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 196
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Bo‘limlar