“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:13
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini grippga qarshi emlash uchun Rossiyadan 1 mln doza vaksina sotib olinadi

07 okt, 13:00 2 477 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini grippga qarshi emlash uchun Rossiyadan 1 mln doza vaksina sotib olinadi O‘zbekistondagi o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini grippga qarshi emlash uchun Rossiya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan grippga qarshi vaksinadan bir million doza xarid qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida mamlakatdagi barcha maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari markazlashgan tartibda grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan. Ularni emlash bo‘yicha ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ayni kunlarda ishlar davom etmoqda.

Xabar berilishicha, «Dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan bir million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Hozirda «Sovigripp» vaksinasining 250 ming dozasi O‘zbekiston hududlariga yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, 15 oktabrga qadar 40 ming doza, 30 oktabrga qadar 250 ming doza, noyabr oyida esa 500 ming doza «Flyu-M» vaksinasini yetkazib berish mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari 1 oktabrga qadar grippga qarshi emlanishi begilab qo‘yilgandi.

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi immunoprofilaktika bo‘limi mudiri Vazira Mutalova sentabr oyining boshida yuqoridagi qaror asosida 2020 yilning 1 oktabridan boshlab aholi bilan bevosita muloqotda ishlaydigan, umumiy hisobda bir milliondan ortiq tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini grippga qarshi bepul emlash ishlarini olib borish belgilanganini ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 0
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 0
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 68
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Farg‘onada Telegram bot orqali o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigit ushlandi 28 mar, 06:00 53
  • Shavkat Mirziyoyev AQSHlik yuqori martabali amaldorlarni qabul qildi 27 mar, 23:36 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 0
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 0
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 0
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 75
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 32
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 63
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 271
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 68
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 62
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 73
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 292
  • Bo‘limlar