“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 19:38
ЎЗO‘Z

«Koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang» – Tramp kasalxonadan chiqdi

06 okt, 10:40 2 400 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang» –  Tramp kasalxonadan chiqdi Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp kasalxonadan chiqdi. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi. Prezidentning sahifasida uning Oq uyga vertolyotda qaytgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Tramp vertolyotdan tushib Oq uy ayvoni tomon ko‘tarilgan va niqobini yechib, uning xavfsizligini ta’minlagan askarlarga harbiychasiga minnatdorchilik bildirgan. Bu videodan keyin Trampning sahifasida yana bir videomurojaat paydo bo‘ldi.

pic.twitter.com/Sn4yTTg8eB

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) October 5, 2020

«Mening tuzalishimga yordam bergan barcha shifokorlar, hamshiralarga rahmat. Shuni aytmoqchimanki, koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang. Qo‘rqmang, bizda eng yaxshi shifokorlar ishlaydi. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Hatto 20 yil oldingidan ham yaxshiroq.

Men frontga qaytdim. Yana takrorlayman, kasallik sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang, ehtiyot bo‘ling. Vaksina ham asta-sekin yaratiladi. Meni qo‘llaganingiz uchun rahmat
», deb murojaatini yakunalagan Tramp.

pic.twitter.com/OxmRcZ5nUZ

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) October 5, 2020

Bu AQSH yetakchisining koronavirus yuqtirganidan keyingi uchinchi videomurojaati bo‘ldi. Bungacha u ikki marta Uolter Rid nomidagi harbiy kasalxonadan murojaat yo‘llagandi. Trampda 2 oktabr kuni koronavirus aniqlangan va u 3 kun davomida kasalxonada bo‘lgach, yana Oq uyga qaytdi. U butkul tuzalgunga qadar shifokorlar nazoratida bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, Tramp 15 oktabr kuni Jo Bayden bilan bo‘ladigan navbatdagi debatlarda qatnashadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 1
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 47
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 0
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 0
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 0
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 7
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 41
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • Bo‘limlar