“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:22
ЎЗO‘Z

Tramp o‘zining og‘ir ahvoldaligini rad etdi (video)

04 okt, 11:30 2 200 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp o‘zining og‘ir ahvoldaligini rad etdi (video) Foto: AP Photo/Alex Brandon
Hozirda koronavirusga chalingani sababli harbiy-tibbiy markazda davolanayotgan AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining og‘ir ahvoldaligini rad etish uchun millatga videomurojaat yo‘lladi.

Tramp videoni tvitterda joylashtirgan. U 4 daqiqacha davom etadi. AQSH prezidenti videoda biroz toliqqan holda stol ortida o‘tirganini ko‘rish mumkin. Videorolik qisqa vaqt ichida millionlab namoyishlar to‘plagan.

Trampning ta’kidlashicha, uning ahvoli markazda yaxshilangan.

pic.twitter.com/gvIPuYtTZG

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) October 3, 2020

Men bu yerga kelganimda o‘zimni uncha yaxshi his qilmayotgandim. Hozir men ancha yaxshiman. Keyingi ikki kun nima bo‘lishini ko‘ramiz”, deb aytgan Oq uy rahbari.

Men o‘z ishimga qaytishim kerak, chunki biz Amerikani buyuk qilishni davom ettirishimiz lozim. Biz bu yo‘nalishda ko‘p narsaga erishdik, biroq hali oldinda qiladigan ishlar bor. O‘ylaymanki, yaqinda ishimga qaytaman”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp va saylovoldi kampaniyasini “yorqin” yakunlashga umid qilayotganini qo‘shimcha qilgan.

AQSH prezidenti davlatlar yetakchilariga bildirilgan qo‘llab-quvvatlov va umuman unga sog‘ayib ketishni tilagan barchaga minnatdorlik bildirgan. “Biz bu koronavirusni tor-mor etamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

AQSH prezidentining ta’kidlashicha, unga Oq uyda davolash kursini o‘tish taklif qilingan, biroq bunday variant uni qoniqtirmagan. Trampning fikricha, unga o‘z ishiga qaytishi uchun jadal va tez davolanishdan o‘tishi to‘g‘riroq bo‘ladi.

Bu orada Trampning sog‘lig‘idan xabardor manba prezidentning oxirgi soatlardagi ahvoli “xavotir tug‘dirayotgani” va keyingi 48 soat uning sog‘ayishida hal qiluvchi onlar bo‘lishini aytgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar