“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:18
ЎЗO‘Z

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun tunda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot

03 okt, 00:17 4 140 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun tunda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot Foto: «Domashniy ochag»
Ortiqcha vazn yo‘qotish ilinjida bo‘lganlarning eng birinchi vazifasi tunda ovqat yemaslikdir. Nafaqat tunda, balki kechki ovqat uchun ham kaloriyaga boy taomlarni tanovul etmaslik kerak.

Ammo Florida shtati tomonidan «Britaniya» jurnalida chop etilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, uxlashdan yarim soat avval iste’mol qilingan 30 gramm oqsil nafaqat semirtirmaydi, balki ozishga ham yordam beradi. Ushbu mahsulotlarni tunda yeyish «mumkin» deb emas, balki «zarur» deb bilish kerak.

Tvorog

Foto: «Domashniy ochag»
Tvorogda oqsil modda ko‘p bo‘lishiga qaramay, organizm uchun kerakli bo‘lgan kalsiyga boy. Ayniqsa, ayollar kalsiy yetishmovchiligi tufayli menopauza va undan keyingi jarayonda aziyat chekadi. Bu vaqtda suyak, bo‘g‘im va tishlar mo‘rtlashib qoladi. Shuningdek, tvorogni yog‘siz turini tanlashga shoshilmaslik zarur. Sababi u qon tomirlari va yurak salomatligi uchun zarur, shuningdek, vazn yo‘qotishda ham yordam beradi.

Bodom va yong‘oq

Foto: «Domashniy ochag»
Yong‘oq juda ko‘p kaloriyali mahsulot bo‘lishiga qaramay, ularni muntazam va ehtiyotkorlik bilan tanovul qilish vazn tashlash va chiroyli qomatga ega bo‘lishda yordam beradi. Eng asosiysi, me’yorni oshirmaslik va kun davomida bir hovuchgina iste’mol qilish tavsiya etiladi. Yong‘oqning deyarli barcha turlari oqsilga boy, ammo eng foydali bo‘lganlari dumaloq yong‘oq va bodomdir. Ular tarkibida E vitamini, shuningdek, yurak uchun foydali bo‘lgan magniy va selen mavjud. Shuning uchun ham kechalari bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Motsarella pishlog‘i

Foto: «Domashniy ochag»
Ushbu pishloqning 100 grammida 6 gramm oqsil, 1 gramm uglevod va atigi 100 kkal mavjud. Motsarellaning tarkibida ko‘plab D vitamini bo‘lib, bu vitamin barchaga quyoshsiz kunlarda yetishmaydi. Salomatlik hamda go‘zallik uchun ushbu pishloqdan tunda tanovul qilish kerak.

Tuxum

Foto: «Domashniy ochag»
Agar to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari eng foydali mahsulotni tanlashi kerak bo‘lsa, ular, ehtimol, tuxumni afzal deb biladi. Oqsil, D vitamin va minerallarga boy tuxum mahsuloti nafaqat nonushta, balki kechki ovqat uchun ham mos keladi.

Tofu

Foto: «Domashniy ochag»
Vegetarian parhezida bo‘lganlar diqqatiga, ratsion tarkibida oqsil moddalarini nazorat qilish juda muhim. Tofu esa yetarli miqdorda oqsil olishga yordam beradigan ajoyib taom hisoblanadi. Ushbu mahsulot bilan kechki ovqatni bexavotir iste’mol qilish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 99
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 114
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 129
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 117
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 118
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 238
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar