“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 16:30
ЎЗO‘Z

Soliq qarzdorligini to‘lamagan jamiyat ko‘chmas mulkidan ham ayrilishi mumkin

02 okt, 18:33 2 239 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq qarzdorligini to‘lamagan jamiyat ko‘chmas mulkidan ham ayrilishi mumkin Majburiy ijro byurosi Sherobod tuman bo‘limi ish yurituviga Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “SHEROBOD AGROSERVIS MTP” MCHJdan tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga jami 288 million 721 ming so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdor korxonaga ixtiyoriy muddat berilgan holda ogohlantirilgan.

Tegishli tartibda ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdor jamiyat tomonidan soliq qarzdorligi to‘lanmaganligi sababli qarzdorga tegishli “Dominator-130” rusumli 2 ta g‘alla o‘rish kombayini borligi aniqlanib, bo‘lim tomonidan xatlovga olingan.

Xatlovga olingan 2 ta g‘alla o‘rish kombaynlari tegishli tartibda baholanib, realizatsiya qilish uchun “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarildi. Bo‘lib o‘tgan onlayn auksion savdolari natijalariga ko‘ra, g‘alla o‘rish kombaynlarining har biri 92 million 477 ming so‘mdan, jami 184 million 954 ming so‘mga sotildi.

Ushbu mol-mulklarning sotuvidan tushgan pul mablag‘lari soliq qarzdorligiga yo‘naltirildi va qolgan qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida jamiyatning ko‘chmas mulki xatlovga olinib, realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Qarzdor jamiyat qolgan qarzdorligini yaqin kunlarda to‘lab bermasa ko‘chmas mulkidan ham ayrilishi mumkin.
Soliq qarzdorliklarini undirish borasidagi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 89
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 137
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 221
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 95
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 184
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 123
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 326
  • Bo‘limlar