“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 14:41
ЎЗO‘Z

Tog‘li Qorabog‘da nima bo‘lyapti? Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vaziri Rossiya telekanali efirida shu haqda sirtdan bahslashdi

30 sen, 17:23 3 826 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tog‘li Qorabog‘da nima bo‘lyapti? Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vaziri Rossiya telekanali efirida shu haqda sirtdan bahslashdi Tog‘li Qorabog‘ muammosi sabab 27 sentabrdan beri Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida qurolli to‘qnashuv davom etmoqda. 29 sentabr kuni har ikkala mamlakat yetakchilari yuzaga kelgan vaziyat haqida «Rossiya 24» telekanalining «60 minut» («60 daqiqa») dasturiga jonli efirda intervyu berdi. Meduza nashri Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan chiqishlaridagi asosiy nuqtalarni terib chiqib, qisqacha bayon qildi.

Ilhom Aliyev.
Kadr: YouTube / «Rossiya 24»

Ilhom Aliyev, Ozarbayjon prezidenti: Armaniston 27 sentabr kuni bizning aholi punktlarimiz va jangovar marralarimizni artilleriyadan o‘qqa tutdi. Birgina tinch aholi vakillari orasida 11 kishi, xususan, ikki nafar bola halok bo‘ldi. Bu oldindan rejalashtirilgan harbiy provokatsiya edi: (Soros tomonidan qo‘yilgan) Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalq e’tiborini ichki muammolardan chalg‘itmoqchi. Biz javob berishga majbur bo‘ldik. Uchinchi kundirki janglar davom etmoqda. Turkiya bizga faqat ruhiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatmoqda. Suriyadan chiqqan jangarilar nizoda qatnashmayapti, bu arman targ‘ibotining yolg‘oni (feyk). Agar Pashinyan ochiqchasiga: «Qorabog‘ — bu Armaniston, vassalom», deb turgan bo‘lsa, qanday muzokaralar haqida so‘z borishi mumkin? Armaniston Qorabog‘dagi status-kvoni saqlab qolish uchun muzokara jarayonini yo‘qqa chiqarishga intilmoqda. Bu bizga ma’qul emas.

Nikol Pashinyan.
Kadr: YouTube / «Rossiya 24»

Nikol Pashinyan, Armaniston bosh vaziri: Ozarbayjon 27 sentabr kuni Tog‘li Qorabog‘ga nisbatan harbiy bosqin boshladi, oradan uch kun o‘tib esa Armaniston hududidagi qishloqlarni bombardimon qilishga kirishdi. Harbiylar orasida ham, tinch aholi orasida ham qurbonlar bor. Bu operatsiya Ozarbayjon va Turkiyaning harbiy mashg‘ulotlari vaqtida rejalashtirilgan. Jangovar harakatlarga yuqori martabali turk harbiylari boshchilik qilmoqda. Turkiya Suriyadagi yollanma jangarilarni og‘dirib, Ozarbayjonga tashlamoqda. Biz buni arman xalqiga qarshi e’lon qilingan urush sifatida qabul qilyapmiz. Xalqaro hamjamiyat Ozarbayjon va Turkiya agressiyasini qoralashi lozim. Harbiy harakatlar davom etayotgan vaqtda muzokaralar haqida gapirish qiyin. Dastavval kuch ishlatishni to‘xtatish lozim.

Har ikkala mamlakat yetakchilaridan olingan intervyuning to‘liq shaklini bu yerda (rus tilida) tomosha qilish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 3
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 17
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 148
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 85
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 19
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 40
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 342
  • Bo‘limlar