“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 11:23
ЎЗO‘Z

IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

30 sen, 08:11 2 689 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
2020 yil 28 sentabr kuni Paxtachi tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan Paxtachi tumani «Taraqqiyot» mahallasida yashovchi 6 nafar fuqaro «Qora-qo‘ton» ma’danli maydoniga kirib, noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud toshlarni qazib olishga harakat qilayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ulardan 1 dona elektrodvijok, 1 dona yer qazish moslamasi, tosh maxsulotlari solish uchun mo‘ljallangan qoplar va davlat raqam belgisi bo‘lmagan «UAZ» rusumli avtomashina tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Shundan so‘ng, «uddaburon» yigitlardan birining otasi, farzandi va mahalladoshlariga qonuniy tartibda chora ko‘rilmaslik va hujjatlashtirilib olingan ashyoviy dalillarni qaytarib berish evaziga tuman IIB boshlig‘iga 6.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif etadi.

Holat yuzasidan IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi, Narpay tumani IIB, Paxtachi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, 1968 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.S. tuman IIB boshlig‘iga 6.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 0
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 27
  • 23-30 aprel kunlari uchun tezkor axborot e’lon qilindi 22 apr, 22:11 259
  • “Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi 22 apr, 18:32 150
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 22 apr, 14:50 85
  • So'nggi yangiliklar
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 0
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 0
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 1
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 19
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 11
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 54
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 52
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 22
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 19
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 83
  • NATO, Rossiya, Ukraina, Xitoy harbiy maqsadlarda 2023 yilda qancha sarfladi? 23 apr, 00:23 129
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • Bo‘limlar