“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 06:09
ЎЗO‘Z

Tilla do‘konini o‘margan 3 nafar ayol ushlandi

30 sen, 00:05 2 842 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tilla do‘konini o‘margan 3 nafar ayol ushlandi 2020 yilning 20 sentabr kuni soat 14:30 da noma’lum shaxslar Surxondaryo viloyati, Denov shahridagi «Denov-bobodehqon» bozorida joylashgan 39 yoshli F.S. ga (ayol) tegishli zargarlik do‘konining savdo rastasida turgan umumiy bahosi 30.000 AQSH dollari bo‘lgan har xil turdagi qimmatbaho ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, savdo do‘koniga kirish yo‘lagida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi yozuvlari tekshirib ko‘rilganida, o‘g‘irlik sodir bo‘lgan vaqtda savdo do‘konidan uch nafar ayol bir vaqtda chiqib ketganligi va ulardan birining qo‘lida kiyimga o‘ralgan narsa borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 19 yoshli X.D., 28 N.Sh. va 52 yoshli O.R. lar (barchasi ayollar) sodir etganliklari aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat sodir etgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Tilla taqinchoqlar egasiga to‘liq qaytarib berilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 65
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 173
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 43
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 250
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 108
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 0
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 94
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 262
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 130
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 107
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 61
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 60
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 234
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 374
  • Bo‘limlar