“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 15:29
ЎЗO‘Z

Saida Mirziyoyeva: «Biz boshlagan ochiqlik yo‘li ortga qaytmasdir»

28 sen, 18:53 2 183 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saida Mirziyoyeva: «Biz boshlagan ochiqlik yo‘li ortga qaytmasdir» Bugun, 28 sentabr kuni Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni munosabati bilan xalqaro onlayn-konferensiya o‘tkazilmoqda.
Unda chiqish qilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva pandemiya davrida axborot olish va uni tarqatishda turli mamlakatlar tajribasidan foydalanish muhim ekanini aytib o‘tdi.

«Koronavirus pandemiyasi davrida butun dunyo aholisi axborot olish va uni tarqatish bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Shuning uchun eng yaxshi tajribani tanlash va uni ko‘paytirish uchun turli mamlakatlar mazkur vaziyatdan qanday chiqayotgani, qanday yechimlar taklif etilayotganini bilish muhim. Men o‘zaro yaqin hamkorlik asosida birgalikda ushbu global pandemiyani yenga olishimizga ishonaman», dedi Saida Mirziyoyeva.

U axborotdan foydalanish imkoniyati undan teng foydalanishni ham nazarda tutishini ta’kidlab o‘tdi.
«Axborotdan foydalanish imkoniyati undan teng foydalanishni ham nazarda tutadi. U jinsiy kamsitishga qarshi kurashish imkoniyatini oshiradi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, gender siyosati mamlakat uchun ustuvor masalaga aylandi.

Gender tengligi komissiyasining a’zosi sifatida shuni ta’kidlashni istardimki, ushbu mavzuni to‘g‘ri yoritish zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarni himoya qilishga yordam beradi. Ayollar o‘z huquqlarining himoya qilinishi, kamsitilishga qarshi kurash usullari to‘g‘risida ma’lumot olishlari mumkin. Barcha uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantirishga aynan OAV javobgardir
», dedi Mirziyoyeva.

U OAV mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar davom etishini ta’kidlab, boshlangan ochiqlik yo‘li ortga qaytmasligini ma’lum qilgan.
«Biz rasmiylarga savol va tavsiyalar tayyorlagan bloger va ko‘ngilli jurnalistlarning onlayn guruhini tuzdik. Covid-19 infeksiyasi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyatni davlat tomonidan tartibga solish jarayonida samimiy ishtirok etgani uchun barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlardan minnatdormiz. Ular mazkur jarayonning ajralmas qismiga, fuqarolik nazoratining flagmaniga aylandi. Biz boshlagan ochiqlik yo‘li ortga qaytmasdir», dedi u.

U o‘z nutqi davomida «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida ham gapirdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun, shu jumladan, qonunni OAVda gender tengligi to‘g‘risidagi modda bilan to‘ldirish bo‘yicha o‘zgartirishlar ishlab chiqilmoqda.

Quyidagi me’yorlarni kiritish taklif etilmoqda:
- gender masalalarini yoritishda davlat organlarining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqasi;
- ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash muhimligi to‘g‘risida odamlarning xabardorligini oshirish;
- OAVda ishlash uchun jalb etilgan ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlash;
- OAV orqali jinsiy kamsitilishga oid ma’lumotlarni tarqatishni taqiqlash.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 18
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 89
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 296
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 18
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 87
  • Bo‘limlar