“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:38
ЎЗO‘Z

Buxoroda bangixona saqlagan ayol aniqlandi

28 sen, 10:55 2 382 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda bangixona saqlagan ayol aniqlandi 2020 yilning 11 sentabr kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida, 35 yoshli D.M. (ayol) giyohvandlik vositasini sotib olish uchun borgan fuqaroning giyohvandlik vositasini iste’mol qilishi uchun o‘zining Qorako‘l tumanida joylashgan yashash uyida giyohvandlik vositalari va maxsus moslamalar bilan ta’minlab, giyohvandlik vositasini iste’mol qilishga sharoit yaratib berib, bangixona saqlash jinoyatini sodir qilgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlangan.

D.M.ning yashash uyidan giyohvandlik vositasini chekishda foydalanilgan bir dona yelim idish (baklashka), 1 dona sigareta qutisi, falga qog‘oz bo‘laklari, yongan gugurt cho‘plari qoldiqlari, sigareta qoldiqlari, 1 dona stakan, 1 dona 50 ming so‘mlik kupyuradagi pul hujjatlashtirilib olingan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bir dona yelim idishning (baklashka) ichida sof og‘irligi 0,24 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi mavjudligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, D.M. 200 ming so‘m pullar evaziga fuqaroga marixuana giyohvandlik vositasini sotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tadbirda olingan moddaning sof og‘irligi 2,39 gramm bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.M. (ayol) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud o‘zganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni iste’mol qilish yoki bangixona tashkil etish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 237
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 90
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 231
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 220
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 122
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar